Showing Archived Posts

  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2
  • >

Fuqarolikdan mahrum qilish bo’yicha yangi qoidalar qanchalik qonuniy?

Posted March 9th, 2016 at 2:54 am (UTC+0)
1 comment

2015-yil 10-avgust kuni “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”gi Qonunga (bundan keyin Fuqarolik to’g’risidagi Qonun) o’zgartish va qo’shimchalar bilan fuqarolikdan mahrum qilishning yangi asosi kuchga kirdi. Yangi o’zgartirishlarga muvofiq, agar O’zbekiston fuqarosi xorijiy davlat foydasiga faoliyat ko’rsatish yoki osoyishtalik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazsa, fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin.[1] […]

Posted in Fuqarolik

Doimiy muddatga OVIR olish mumkinmi?

Posted February 12th, 2016 at 7:34 pm (UTC+0)
Leave a comment

Savol: OVIR vizamning muddati tugaganiga 3 yildan oshdi. Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqanman, hali Turkiya fuqaroligiga o’tmadim. Keyingi yil O’zbekistonga borish niyatimiz bor. Kirishda OVİR so’ramasliklarini bilaman, lekin chiqishda yana bu vizani olgan bo’lishim shartmi? Har safar borganda yangi OVIR olmasdan, uni bir marta doimiy muddatga olish mumkinmi? Javob: O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”gi qonuni 6-moddasiga ko’ra, O’zbekiston […]

Posted in Fuqarolik

Mansabdor shaxslarning xorijga chiqishini belgilovchi tartib sud hokimiyati mustaqilligiga rahna soladimi?

Posted December 22nd, 2015 at 8:28 pm (UTC+0)
Leave a comment

2014-yil 5-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to’g’risida” Qaror qabul qildi. Mazkur qaror xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqmoqchi bo’lgan mansabdor shaxslar “maxsus kelishuv”dan keyingina safarga chiqishlari mumkinligini belgilaydi. Ijro etuvchi hokimiyat tomonidan ishlab chiqilgan bu qoidalar mustaqil hokimiyat hisoblanuvchi qonun chiqaruvchi va sud tizimlari ishiga salbiy ta’sir qilishi […]

Tags: Posted in Fuqarolik

Xorijda besh yil yashagan shaxs fuqaroligini yo’qotadimi?

Posted October 10th, 2015 at 7:02 pm (UTC+0)
Leave a comment

Savol: Yaqinda odamlar orasida chet elga chiqib ketgan va 5 yil davomida O’zbekistonga biror marta kelmagan odamlarning fuqaroliklari olib qo’yilarmish degan gap tarqaldi. Albatta, bu gaplar asossiz mish-mish bo’lsa kerak deb o’ylayman. Lekin umuman olganda, uzoq vaqt chet elda yurgan fuqarolar uchun biror xavf bormi? Javob: “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g’risida”gi Qonunining 21-moddasida fuqarolikni yo’qotish holatlari […]

Posted in Fuqarolik

Rad etilgan OVIR vizasi ustidan qayerga shikoyat qilish mumkin?

Posted August 29th, 2015 at 7:11 pm (UTC+0)
2 comments

Savol: Shahar OVIRidan stiker olish to‘g‘risidagi arizamga rasman rad javobini oldim. Rasmiy javobda shunday yozilgan: «Tekshiruv yakuni bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvar kunidagi 8-sonli qarori 3-bo‘limi talablariga asosan Sizning xorijiy davlatlarga chiqishingiz maqsadga muvofiq emasligi to’g’risida ma’lum qilamiz». Sizlardan shu ish yuzasidan maslahat olmoqchi edim. OVIRdagi xodimlar bu qaror ustidan hech qayerga shikoyat […]

Oilani buzuvchiga qonuniy jazo bormi?

Posted June 11th, 2015 at 6:44 pm (UTC+0)
Leave a comment

Savol: Yaqinda singlimni unashtirgan edik. Unashtirishdan oldin bir yigitdan sovchilar kelgandi, singlimning noroziligi tufayli rozi bo’lmagandik. Endi esa u yigit singlim unashtirilgan kuyovga va oila a’zolariga telefon qilib, kurakda turmaydigan gap-so‘zlar, turli xil tuhmatlar va to‘yni qaytarish haqida do‘q-po‘pisa qilyapti. U ham yetmaganday, onamga telefon qilib holi joniga qo‘ymayapti. Aybdorga qanday jazo beriladi, sud bo‘lsa-yu suddan […]

Posted in Fuqarolik

Dafn etish uchun nafaqa kimlarga beriladi?

Posted February 26th, 2015 at 3:50 am (UTC+0)
Leave a comment

Savol: Mening otam yaqinda olamdan o’tdi. Ishxonada yaqin kishisi olamdan o’tsa beriladigan pulni menga berishmadi. Bu pul o’zi kimlarga, qanday holatda beriladi? Javob: “Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizomga ko’ra, nafaqa marhumning eriga (xotiniga), ota-onasiga, farzandlariga va boshqa qarindoshlariga yoki marhumning qonuniy vakiliga, bunday shaxs bo‘lmagan taqdirda esa — dafnni amalga oshirish […]

Ish haqidan obuna uchun majburiy ushlab qolish qonuniymi?

Posted January 5th, 2015 at 7:20 pm (UTC+0)
Leave a comment

Savol: Ishxonada har yili majburiy tarzda gazeta-jurnallarga obuna qildirib, ish haqimning 20-30 foizini ushlab qolishadi. Men obuna bo’lmasligimni aytsam ham bu hammaga majburiy deb obuna qilishadi. Har galgidek, bu safar ham menga obuna bo’lganligim to’g’risida biror hujjat berishgani yo’q, obuna bo’lgan jurnallardan esa darak ham yo’q. Majburiy obuna qonuniymi? Javob: Mehnat kodeksining 164-moddasiga ko’ra, yozma […]

Tags: , , Posted in Fuqarolik

OVIR stikerini konsullik orqali olish mumkinmi?

Posted November 14th, 2014 at 5:50 pm (UTC+0)
1 comment

Chet elda yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari  “O’zbekiston Respublikasining konsullik ustavi” 43-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi”ning II bo’limi 5, 6-bandlariga ko’ra, o’zlari yashab turgan mamlakatdagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsulligi orqali O’zbekiston Respublikasidan chiqish vizalarini olishlari, ularning muddatini uzaytirishlari mumkin. “O’zbekiston Respublikasining konsullik ustavi” 43-moddasida quyidagilar yozilgan: “Konsul O‘zbekiston […]

Biometrik pasportning oddiy pasportdan qanday farqi bor?

Posted November 17th, 2013 at 7:45 pm (UTC+0)
Leave a comment

Savol: Biometrik pasport va shu kungacha amalda bo’lgan pasport o’rtasida qanday farq bor? Audio: Javob: Biomеtrik pasport amaldagi pasportdan bir necha jihati bilan farq qiladi. U 36 varaqdan iborat (avvalgisi 32 varaq) bo‘lib, unda himoya tizimi kuchaytirilgan. Ya’ni, biomеtrik pasportlarga, amaldagilardan farqli o‘laroq, 11 ta qo‘shimcha himoya elеmеnti kiritilgan. Bu pasportni qalbakilashtirishning oldini olishga qaratilgan. […]

  • Page 1 of 2
  • 1
  • 2
  • >

Blog haqida

Yuridik klinika - "Amerika ovozi" saytining yuridik maslahatlar sahifasi. O'zbekiston qonunchiligi, xorijga chiqish-kelish, fuqarolik, immigratsiya kabi mavzularda huquqiy savollaringiz bo'lsa, ularni bizga uzbek@voanews.com elektron pochta manzili orqali yo'llashingiz mumkin.
Savollaringizga malakali huquqshunoslar javob beradi.
Ushbu blog fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish bilan shug'ullanuvchi "Tashabbus" nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Taqvim

March 2024
M T W T F S S
« Jun    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031