Showing Archived Posts

Paxta terimida yuz bergan noxush voqealar uchun javobgarlik bormi? (Video)

Posted November 14th, 2016 at 5:07 pm (UTC+0)
Leave a comment

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, har qanday huquqbuzarlikning sodir etilishi yuridik javobgarlik uchun asos bo‘ladi. Yuridik javobgarlikning 4 asosiy ko‘rinishi mavjud: jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqarolik-huquqiy. Paxta dalalarida uchraydigan ayrim noxush voqealar uchun ham Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda qator moddalar keltirilgan. Paxta dalasida sodir bo‘lgan noxush voqeaga aloqasi bo‘lgan har qanday jismoniy va yuridik shaxsga […]

Tags: , , Posted in Jinoyat

Avtomobil olishdagi qonunbuzarliklarga qarshi qanday kurashish kerak?

Posted August 9th, 2016 at 4:09 am (UTC+0)
Leave a comment

2016-yil aprel oyida GM Uzbekistan avtomobil shirkati Bosh direktori Tohirjon Jalilov tovlamachilik yo‘li bilan katta mablag‘larni o‘zlashtirganlikda ayblanib, qamoqqa olingani hamda “O‘zavtosanoat” kompaniyasiga rahbarlik qilib kelayotgan Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘z lavozimidan chetlatilgani haqida xabarlar tarqaldi. “GM-Uzbekistan” rahbarlaridan biri 667 ming AQSh dollarini noqonuniy o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Ajablanarli jihati yo’q, chunki O’zbekistonda avtomobil savdosidagi qonunbuzarliklar oldindan hammaga ma’lum edi: […]

Posted in Jinoyat

Qotillar ham amnistiyaga tushadimi?

Posted February 23rd, 2014 at 11:29 pm (UTC+0)
Leave a comment

Savol: Bir yil muqaddam opamni qasddan o’ldirib ketishdi. Qotil esa mening pochcham. Qotil 22 yil muddatga qamaldi. Ma’lumki, har yili yurtimizda amnistiya e`lon qilinadi. Kimlar amnistiyaga tushadi-yu kimlar tushmaydi, iltimos, shu haqda ma`lumot bersangiz. Ushbu holatda opamning qotili amnistiyaga tushishi mumkinmi ? Yana bir savol. Opamning bir o`g`il va bir qizini biz o`z qaramog`imizga oldik. […]

Posted in Jinoyat

Pore bergan odam ham javobgarlikka tortiladimi?

Posted October 14th, 2013 at 2:41 pm (UTC+0)
1 comment

Savol: Men Milliy Xavfsizlik Xizmatiga ishga kirish uchun hujjat topshirgandim. Mendan 12 ming AQSh dollari so’rashdi. Men bu pulni berdim, berganim to’g’risida dalilim bor: yashirincha syomka qildim. Hali hamon ishsiz yuribman. 3 yil bo’ldi. Men kimga va qayerga murojaat qilishim kerak? Bunday holatda qanday ish tutishim kerak?  Javob: Avvalambor, Milliy Xavfsizlik Xizmatiga ishga kirish uchun […]

Tags: , Posted in Jinoyat

Sudlanganlikni qanday olib tashlash mumkin?

Posted July 6th, 2013 at 4:56 pm (UTC+0)
1 comment

Savol:Sudlanganlikni olib tashlash uchun ariza yozmoqchi edim. Shu ish yuzasidan ma’lumot bersangiz. Javob: O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi XIV bobi sudlanganlikka bag’ishlangan bo’lib, jumladan, 77-moddada shunday deyiladi: Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod […]

Tags: , , Posted in Jinoyat

Blog haqida

Yuridik klinika - "Amerika ovozi" saytining yuridik maslahatlar sahifasi. O'zbekiston qonunchiligi, xorijga chiqish-kelish, fuqarolik, immigratsiya kabi mavzularda huquqiy savollaringiz bo'lsa, ularni bizga uzbek@voanews.com elektron pochta manzili orqali yo'llashingiz mumkin.
Savollaringizga malakali huquqshunoslar javob beradi.
Ushbu blog fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish bilan shug'ullanuvchi "Tashabbus" nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Taqvim

October 2024
M T W T F S S
« Jun    
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031