Oilani buzuvchiga qonuniy jazo bormi?

Posted June 11th, 2015 at 6:44 pm (UTC+0)
Leave a comment

Savol: Yaqinda singlimni unashtirgan edik. Unashtirishdan oldin bir yigitdan sovchilar kelgandi, singlimning noroziligi tufayli rozi bo’lmagandik. Endi esa u yigit singlim unashtirilgan kuyovga va oila a’zolariga telefon qilib, kurakda turmaydigan gap-so‘zlar, turli xil tuhmatlar va to‘yni qaytarish haqida do‘q-po‘pisa qilyapti. U ham yetmaganday, onamga telefon qilib holi joniga qo‘ymayapti. Aybdorga qanday jazo beriladi, sud bo‘lsa-yu suddan quruq chiqib ketsa, kimga murojaat qilishimiz kerak? Oila buzuvchiga qonuniy jazo bormi?

Javob: Shaxsga nisbatan tuhmat qilish ma’muriy huquqbuzarlik hamda jinoyat hisoblanadi. Ma’muriy Javobgarlik To’g’risidagi Kodeksning 40-moddasiga asosan, tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish —

eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksining 139-moddasiga asosan esa, tuhmat qilish, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —

eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat qilish —

eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. Read the rest of this entry »

Quyosh batareyalari uchun soliq to’lanadimi?

Posted April 2nd, 2015 at 11:07 am (UTC+0)
Leave a comment

© Wikipedia Commons

© Wikipedia Commons

Savol: Xonadonlarga o’rnatiladigan quyosh batareyalari uchun davlatga soliq to’lanadimi? Shunday bo’lsa, buning tartibi qanday?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida quyosh batareyalarini o’rnatganlik yoki undan foydalanganlik yoxud muqobil energiya turlarini o’rnatganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslarga ham, yuridik shaxslarga ham biron bir soliq turi belgilanmagan. Demak, O’zbekiston Respublikasida muqobil energiya manbalarini o’rnatganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun soliq olinmaydi.

2013-yil 1-martda chiqarilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” Farmoni 8-bandida 2013 -yilning I yarim yilligi davomida V

azirlar Mahkamasiga “Muqobil energiya manbalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlab taqdim etish vazifasi ko’tarilgan. Ushbu qonun loyihasi tayyorlandimi, yo’qmi, bundan xabarimiz yo’q. Ammo “Muqobil energiya manbalari to’g’risida”gi qonun hozirgi kunga qadar qabul qilinmagan. Demak, muqobil energiya manbalari bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun mavjud emas.

Read the rest of this entry »

Dafn etish uchun nafaqa kimlarga beriladi?

Posted February 26th, 2015 at 3:50 am (UTC+0)
Leave a comment

Savol: Mening otam yaqinda olamdan o’tdi. Ishxonada yaqin kishisi olamdan o’tsa beriladigan pulni menga berishmadi. Bu pul o’zi kimlarga, qanday holatda beriladi?

Javob: “Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizomga ko’ra, nafaqa marhumning eriga (xotiniga), ota-onasiga, farzandlariga va boshqa qarindoshlariga yoki marhumning qonuniy vakiliga, bunday shaxs bo‘lmagan taqdirda esa — dafnni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga olgan boshqa shaxsga tayinlanadi va to‘lanadi.

Nafaqa:

a) davlat pensiyasi oluvchi pensioner;

b) davlat ijtimoiy nafaqasi oluvchi fuqaro;

v) xodim yoki uning qaramog‘idagi oila a’zosi;

g) bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etganda yoki o‘lik bola tug‘ilganda (perinatal o‘lim);

d) ish bilan band bo‘lgan yoki band bo‘lmagan shaxs, fuqarolarning ayrim toifalariga tegishli bo‘lgan shaxs yoki bola vafot etgan taqdirda tayinlanadi.

Read the rest of this entry »

Ish haqidan obuna uchun majburiy ushlab qolish qonuniymi?

Posted January 5th, 2015 at 7:20 pm (UTC+0)
Leave a comment

http://gdb.voanews.com/A92B037D-B935-4E09-BA94-54B6FC6623F1_mw1024_s_n.jpgSavol: Ishxonada har yili majburiy tarzda gazeta-jurnallarga obuna qildirib, ish haqimning 20-30 foizini ushlab qolishadi. Men obuna bo’lmasligimni aytsam ham bu hammaga majburiy deb obuna qilishadi. Har galgidek, bu safar ham menga obuna bo’lganligim to’g’risida biror hujjat berishgani yo’q, obuna bo’lgan jurnallardan esa darak ham yo’q. Majburiy obuna qonuniymi?

Javob: Mehnat kodeksining 164-moddasiga ko’ra, yozma rozilik yoki sud qarori bilangina xodimning mehnat haqidan ushlab qolish mumkin.

Demak, xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uchun, masalan, obunaga ushlab qolish uchun xodimning roziligi talab etiladi. Buning ustiga ushbu rozilik yozma tarzda ifodalangan bo’lishi lozim. Agar ish beruvchi obuna barcha xodimlar uchun majburiyligini aytsa, undan buni tasdiqlovchi huquqiy hujjatni ko’rsatishni talab qilish lozim.

Qonunning yuqorida aytilgan bandidagi “sudning qaroriga asosan” degan qismi aliment to’lash, qarzdorlikni undirishga o’xshash ishlarga taalluqli.

Read the rest of this entry »

OVIR stikerini konsullik orqali olish mumkinmi?

Posted November 14th, 2014 at 5:50 pm (UTC+0)
1 comment

Chet elda yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari  “O’zbekiston Respublikasining konsullik ustavi” 43-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi”ning II bo’limi 5, 6-bandlariga ko’ra, o’zlari yashab turgan mamlakatdagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsulligi orqali O’zbekiston Respublikasidan chiqish vizalarini olishlari, ularning muddatini uzaytirishlari mumkin.

“O’zbekiston Respublikasining konsullik ustavi” 43-moddasida quyidagilar yozilgan:

“Konsul O‘zbekiston Respublikasiga kirish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tish uchun vizalar berish, ularning muddatini uzaytirish, ularni bekor qilish, shuningdek berilgan vizalarga o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega”.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi” II bo’limida esa quyidagilar yozilgan:

“5. Chet elga vaqtincha yashashga ketgan (xizmat safariga, o‘qishga, kontrakt bo‘yicha ishlashga va shu kabilar) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari muayyan yoshga to‘lganligi hamda pasportida belgilar va vizalar qo‘yish uchun varaqlar tugaganligi, shuningdek chet elga borish uchun stikerni rasmiylashtirish munosabati bilan pasport almashtirilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga pasport berish va chet elga chiqish uchun stikerni rasmiylashtirish to‘g‘risida belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat qiladilar. Fuqarolarning arizalari belgilangan tartibda konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi hamda pasport va stikerni rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Ichki ishlar vazirligiga jo‘natiladi. Rasmiylashtirilgan pasport egasiga berish uchun Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga yuboriladi. Pasportni rasmiylashtirishning to‘liq davriy muddati 30 ish kunidan oshmasligi kerak.

6. Vaqtincha yashash uchun chet elga ketgan, u erga oshkora kelgan va chet elda doimiy yashashga qaror qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun belgilangan shakldagi hujjatlar bilan O‘zbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga murojaat qiladilar”.

Konsullik muassasasi fuqarolarning chet elda doimiy yashash uchun qoldirish bo‘yicha hujjatlarini rasmiylashtiradi va masalani belgilangan tartibda kelishish uchun hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligi orqali Ichki ishlar vazirligiga yuboradi. Chet eldagi vakolatxonada doimiy ro’yxatdan o’tilsa, 2 yillik OVIR emas, muddatsiz doimiy OVIR-ruxsatnoma stikeri beriladi.

O’qishga hujjat topshirish uchun biometrik pasport kerakmi?

Posted July 7th, 2014 at 3:05 pm (UTC+0)
1 comment

UZB-PassportO’zbekistonda fuqarolarning pasportlarini yangi biometrik pasportlarga almashtirish jarayoni davom etmoqda. Ayni paytda oliy o’quv yurtlari uchun arizalarni qabul qilish mavsumi boshlandi. Abiturient hujjat topshirish davomida yangi biometrik pasportga ega bo’lishi shartmi? Pasportini hali yangilamagan bo’lsa yoki yangilash uchun topshirib qo’ygan, ammo hali yangisini olishga ulgurmagan bo’lsa, o’qish uchun hujjat topshira oladimi? “Yuridik klinika” deb nomlanuvchi ruknimizning navbatdagi sonida “Tashabbus” huquqiy tashkiloti mutaxassisi Dilorom Abdullayeva shu savollarga javob beradi.

AUDIO:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi pasporti 2015-yil 31-dekabrgacha haqiqiy hisoblanadi.

Shu sababli, abiturientlar joriy yilda ham avvalgi ko‘rinishda berilgan pasportlar orqali hujjat topshira oladilar.

Read the rest of this entry »

O’zbekiston o’z fuqarosini ekstraditsiya qilishi noqonuniy

Posted May 16th, 2014 at 3:40 pm (UTC+0)
Leave a comment

13-may kuni Pushkino temiryo’l bekatida joylashgan bozorga kiraverishda 22 yoshli Leonid Safyannikov boshiga yetkazilgan jarohat natijasida kasalxonaga olib borilgan va o’sha yerda vafot etgan. Dastlabki tergov natijalariga ko’ra, Leonid bozorga kiraverishda o’z mashinasi bilan o’tish yo’lini to’sib turgan. Chiqib kelayotgan mashina ichida ikki O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bolgan. Kelishmovchilik natijasida o’rtada janjal chiqqan va O’zbekiston fuqarolaridan biri Leonidning boshiga urishi natijasida, u jiddiy jarohat olgan va shuning oqibatida kasalxonada vafot etgan.

O’zbekiston fuqarolari jinoyat joyidan g’oyib bo’lishgan. Ulardan biri, 25 yoshli Jahongir Ahmedov o’sha kuniyoq Rossiyani tark etib, O’zbekistonga uchib kelgan. So’nggi OAV ma’lumotlarga ko’ra, u Rossiyaga qaytib kelgan. Mazkur qarorga Jahongir o’z ixtiyori bilan kelganmi yoki huquq-tartibot organlarining majburlovi natijasida bo’lganmi, bu haqda aniq ma’lumot yo’q.

Agar Rossiya talabi bilan Jahongir majburan Rossiyaga jo’natilgan bo’lsa, quyidagi ikki assoiy sababga ko’ra, O’zbekiston hukumati uni Rossiyaga ekstraditsiya qilmasligi kerak edi.

1. Jahongir Ahmedov O’zbekiston Respublikasi fuqarosi

Jahongir Ahmedov O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Mazkur holat O’zbekiston hukumati zimmasiga o’ziga xos majburiyatlarni yuklaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir. Konstitutsiyaning 22-moddasiga ko’ra esa, O’zbekiston Respublikasi o’z hududida ham, uning tashqarisida ham o’z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko’rsatishni kafolatlaydi.

Read the rest of this entry »

Vaqtinchalik xorijga chiqqan fuqaro doimiy yashovchi sifatida ro’yxatdan o’tishi mumkinmi?

Posted March 24th, 2014 at 5:08 am (UTC+0)
1 comment

Savol: Men O’zbekistondan xorijiy davlatga talaba vizasi hamda O’zbekistonning ikki yillik OVIRini olib chiqqanman. Hozir xorijda doimiy yashovchi hujjatim mavjud. O’zbekiston konsulligidan doimiy yashovchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tmoqchi bo’lsam, konsullik O‘zbekistonga borib, u yerdan doimiy OVIR olib keling, shundagina konsullikka doimiy yashovchi shaxs sifatida ro’yxatga qo’yamiz, dedi. Xorijiy davlatda doimiy yashovchi maqomim bo’lgan holda, nega endi O‘zbekistonga qaytib borib hujjatlarni to’g’rilashim kerak, axir bu konsullikning ishi emasmi?

AUDIO:

Javob: Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga 1-Ilova sifatida tasdqilangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibining II bo‘lim,  6-bandiga ko‘ra,  vaqtincha yashash uchun chet elga ketgan, u yerga oshkora kelgan va chet elda doimiy yashashga qaror qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun belgilangan shakldagi hujjatlar bilan O‘zbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga murojaat qiladilar. Konsullik muassasasi fuqarolarni chet elda doimiy yashovchi sifatida ro’yxatdan o’tkazish bilan bog’liq hujjatlarini rasmiylashtiradi va masalani belgilangan tartibda kelishish uchun hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligi orqali Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.

Read the rest of this entry »

Xizmat safari xarajatlari uchun to’lovlar qanday beriladi?

Posted March 3rd, 2014 at 12:46 am (UTC+0)
Leave a comment

Savol: Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlariga O’zbekiston Respublikasi ichida xizmat safari xarajatlari uchun beriladigan mablag’lar haqida ma’lumot bersangiz.

AUDIO:

 

Javob: O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 171-moddasiga asosan, xizmat safari va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda xodimlar uchun quyidagilar to‘lanishi lozim:

  • yo‘l kira xarajatlari;
  • doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan, uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;
  • xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichkarisidagi Xizmat Safarlari To‘g‘risida Yo‘riqnoma”ga ko’ra, xizmat safariga xodim tashkilot rahbarining farmoyishiga asosan jo’natiladi va xodimning xizmat safari 40 kundan oshmasligi lozim. Agar xodim dam olish kuni yoki bayram kunlarida xizmat safariga jo’natilsa qonunda belgilangan tartibda kompensatsiya puli to’lanadi. Agar xodim dam olish kunlari ma’muriyatning farmoyishiga asosan xizmat safariga jo’natilsa, xizmat safaridan qaytgandan keyin belgilangan tartibda dam olish kuni berilishi lozim.

Read the rest of this entry »

Qotillar ham amnistiyaga tushadimi?

Posted February 23rd, 2014 at 11:29 pm (UTC+0)
Leave a comment

http://www.juristendialog.de/files/2012/12/Konstitutsiya.jpgSavol: Bir yil muqaddam opamni qasddan o’ldirib ketishdi. Qotil esa mening pochcham. Qotil 22 yil muddatga qamaldi. Ma’lumki, har yili yurtimizda amnistiya e`lon qilinadi. Kimlar amnistiyaga tushadi-yu kimlar tushmaydi, iltimos, shu haqda ma`lumot bersangiz. Ushbu holatda opamning qotili amnistiyaga tushishi mumkinmi ? Yana bir savol. Opamning bir o`g`il va bir qizini biz o`z qaramog`imizga oldik. O`sha qotil otalik huquqidan ozod qilinishi mumkinmi? Iltimos,  shu savollarga oydinlik kiritsangiz.

Javob: “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligi munosabati bilan amnistiya to’g’risida”gi Qonunida qanday turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga amnistiya berilishi belgilangan.

Qonunga ko’ra, opangizning qotili amnistiya akti asosida jazodan ozod qilinmaydi. Chunki qotil o’ta og’ir jinoyat sodir etgan va uzoq muddatli jazoga mahkum etilgan. Bundan tashqari, agar biron bir jinoyatchi Amnistiya to’g’risidagi qonunga ko’ra jazodan ozod etilishi mumkin bo’lsa ham, jazoni ijro etish muassasalari mahkumning qat’iy tuzalish yo’liga o’tganligini va boshqa jihatlarni inobatga oladi. Barcha mahkumlar ham tuzalish yo’liga o’tmagan bo’lishi mumkin.

AUDIO:

 

Read the rest of this entry »

Blog haqida

Yuridik klinika - "Amerika ovozi" saytining yuridik maslahatlar sahifasi. O'zbekiston qonunchiligi, xorijga chiqish-kelish, fuqarolik, immigratsiya kabi mavzularda huquqiy savollaringiz bo'lsa, ularni bizga uzbek@voanews.com elektron pochta manzili orqali yo'llashingiz mumkin.
Savollaringizga malakali huquqshunoslar javob beradi.
Ushbu blog fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish bilan shug'ullanuvchi "Tashabbus" nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Taqvim

December 2023
M T W T F S S
« Jun    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031