Showing Archived Posts

OVIR stikerini konsullik orqali olish mumkinmi?

Posted November 14th, 2014 at 5:50 pm (UTC+0)
1 comment

Chet elda yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari  “O’zbekiston Respublikasining konsullik ustavi” 43-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi”ning II bo’limi 5, 6-bandlariga ko’ra, o’zlari yashab turgan mamlakatdagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsulligi orqali O’zbekiston Respublikasidan chiqish vizalarini olishlari, ularning muddatini uzaytirishlari mumkin. “O’zbekiston Respublikasining konsullik ustavi” 43-moddasida quyidagilar yozilgan: “Konsul O‘zbekiston […]

O’qishga hujjat topshirish uchun biometrik pasport kerakmi?

Posted July 7th, 2014 at 3:05 pm (UTC+0)
1 comment

O’zbekistonda fuqarolarning pasportlarini yangi biometrik pasportlarga almashtirish jarayoni davom etmoqda. Ayni paytda oliy o’quv yurtlari uchun arizalarni qabul qilish mavsumi boshlandi. Abiturient hujjat topshirish davomida yangi biometrik pasportga ega bo’lishi shartmi? Pasportini hali yangilamagan bo’lsa yoki yangilash uchun topshirib qo’ygan, ammo hali yangisini olishga ulgurmagan bo’lsa, o’qish uchun hujjat topshira oladimi? “Yuridik klinika” deb nomlanuvchi […]

Tags: , Posted in Talabalar uchun

Biometrik pasportning oddiy pasportdan qanday farqi bor?

Posted November 17th, 2013 at 7:45 pm (UTC+0)
Leave a comment

Savol: Biometrik pasport va shu kungacha amalda bo’lgan pasport o’rtasida qanday farq bor? Audio: Javob: Biomеtrik pasport amaldagi pasportdan bir necha jihati bilan farq qiladi. U 36 varaqdan iborat (avvalgisi 32 varaq) bo‘lib, unda himoya tizimi kuchaytirilgan. Ya’ni, biomеtrik pasportlarga, amaldagilardan farqli o‘laroq, 11 ta qo‘shimcha himoya elеmеnti kiritilgan. Bu pasportni qalbakilashtirishning oldini olishga qaratilgan. […]

Xorijda pasport yo’qolsa, nima qilish kerak?

Posted August 26th, 2013 at 6:01 pm (UTC+0)
Leave a comment

Savol: O’zbekiston fuqarosi xorijda pasportini yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo’qotib qo’ysa, nima qilishi kerak? Javob: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to‘g‘risida Nizomga ko’ra, xorijda pasport yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda, fuqaro bu haqda konsullik hisobiga qo‘yilgan joyga darhol xabar berishi shart. Ular qonun hujjatlarida […]

Blog haqida

Yuridik klinika - "Amerika ovozi" saytining yuridik maslahatlar sahifasi. O'zbekiston qonunchiligi, xorijga chiqish-kelish, fuqarolik, immigratsiya kabi mavzularda huquqiy savollaringiz bo'lsa, ularni bizga uzbek@voanews.com elektron pochta manzili orqali yo'llashingiz mumkin.
Savollaringizga malakali huquqshunoslar javob beradi.
Ushbu blog fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish bilan shug'ullanuvchi "Tashabbus" nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Taqvim

September 2024
M T W T F S S
« Jun    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30