DSC05383

Joriy yil Xo’roz yili ekani bejiz emasga o’xshaydi. Ushbu jonivor Qirg’iziston parranda bozorlarini to’la egalladi.

“Ayniqsa, jo’jaxo’rozlarga talab katta, parvarishlab ulgurmayapmiz, – deydi Mahliyoxon ismli o’shlik fermer ayol. – Narx ham tushib ketdi – boqilgan xo’rozcha uchun zo’rg’a 350 so’m berishayapti”.

Bu 5 AQSh dollari ham emas.

Mahliyoxon ayaning hovlisida qadam qo’ygani joy yo’q – yal-yal tojlar tirik gulzorday sahnni qoplab turibdi.

Mahalliy qandolatchilar bolajonlar uchun milliy qand-qurs – xo’rozqand, pashmak ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan.

Keyingi yillarda Qirg’izistonda qadim xalq tomoshasi – xo’roz janglari qayta yoyila boshladi. Yaqin-yaqingacha O’shda bunday tomosha haftada bir marta o’tkazilgan bo’lsa, hozirda to’rt bor o’tayapti.

Jangavor asl zotlar xo’roz janglari keng rasm bo’lgan Xitoy, Koreya, Vyetnam, Tailand, hatto Indoneziyadan olib kelinar ekan. Ayrim ishqibozlar ularni mahalliy dakanglar bilan chatishtirib, o’rta vaznli uziqora nushalar yaratayotgani ma’lum. Zotdor jangchi xo’rozlarning narxi ming AQSh dollaridan oshadi. (more…)