Pitsa pishiruvchi robotlar tajribadan o’tkazilmoqda

Posted October 2nd, 2016 at 10:47 pm (UTC+4)
Leave a comment

Tez orada pitsani robotlar pishirib berishi mumkin. Kaliforniyadagi bir kompaniya hozir shuni tajribadan o’tkazmoqda. “Zume” (Zum) startap-firmasi ikkita robot sotib olib, ularni ishga soldi. Firma bunday yangilik bilan ko’proq xaridorlarni o’ziga tortmoqchi. Biroq robotlar pitseriya ketidan oilasini tebratayotgan odamlarni ishsiz qoldirmasmikan?

“Takrorlanuvchi harakat uchun mehnatga kamroq pul sarflaymiz, ya’ni pepperonini kesish, pishloqni pitzaga sepish. Takrorlanuvchi ishlarni avtomatlashtiramiz, pulni esa sifatliroq masalliqlarga sarflaymiz’, – deydi “Zume” asoschisi va rahbari Juliya Kollinz.

Xaridorlar yangilikdan mamnun.

“Pitsa doim issiq va mazali, farqini bilib bo’lmaydi – robot tayyorlaganmi yoki odammi”, – deydi biri.

“Zume” kompaniyasi yana bir yangilik ustida ishlayapti. Pitsalarni endi mijozlarga 56 ta pech bilan jihozlangan maxsus mashina tashiydi. Bunday mashina ma’lum bir mahallaning atrofida aylanib yuradi, buyurtma tushishi bilan pitsaning xamiri pechga qo’yiladi, 3 daqiqa 15 soniyada buyurtma mijozga yetkaziladi.

Kompaniya yaratgan kompyuter programmasi mijozlarning qachon va qanday pitsa buyurtirishini oldindan bashorat qiladi, bu esa mahsulotni xaridorga yetkazish vaqtini qisqartiradi.

“Bistrobot” kompaniyasi esa mijozlarga buyurtmaning hozirlanish jarayonini tomosha qilish imkonini beradi.

“Masalan, bir necha dollarga sendvich sotib olib, uning tayyorlanishini internet orqali ko’rishingiz mumkin. Taomni xaridorlarga sotishning ajoyib usuli bu”, – deydi kompaniya asoschisi Jey Reppepert.

Mutaxassislarning aytishicha, oziq-ovqat sanoatida bunday yondashuv ommaviylashib bormoqda. Ammo, deydi ular, robotlar inson qilgan hamma ishni ham qila olmaydi.

“Robotlar bilan izlanishlar 50 yildan beri olib borilmoqda. Katta yutuqlarga erishdik, ammo kamchiliklar hali ham bor. Oshxona ishchilarini tinchlantirib aytishim mumkinki, ularning hunari hali anchagacha kerak bo’ladi”, – deydi Kaliforniya universiteti laboratoriyasi mudiri Ken Goldenberg.

Demak, insonlar hozircha robotlar bilan raqobatdan qo’rqmasa ham bo’ladi.

“Insonlarning ishga jalb etilishida katta o’zgarishlarni ko’ramiz hali. Odamlarni muntazam, zerikarli, xavfli ishlardan xalos qilamiz. Ancha yangicha ishlarni qilamiz”, – deydi “Zume”ning yana bir asoschisi va rahbari Aleks Garden.

Maqolalar arxivi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *