Buzilgan mevalardan foyda ko’ruvchi kompaniya

Posted July 17th, 2017 at 5:29 am (UTC+4)
Leave a comment

Bozorga chiqarilayotgan mevalarning 30 foizi turli sabablarga ko’ra buziladi, bu esa biznesga zarar.

“Meva solingan idishlar tashilayotgan payt sinishi yoki zarar ko’rishi, korobka yoki qutilar namlanishi mumkin”, – deydi Shvetsiyada buzilgan mevalarni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi kompaniya rahbari Sesiliya Larson.

Shirkat supermarketlar qaytarib yuborgan mevalarni olib, sharbat tayyorlaydi. Qutilarning ba’zilarida olmalarning uch foizigina buzilgan bo’lishi mumkin.

“Bu biz bugun olgan olmalar. Ko’rib turganingizdek, aksariyatiga hech narsa bo’lgani yo’q. Biz olmalarni saralab, yaxshilaridan sharbat tayyorlaymiz”, – deydi “Qutqarilgan mevalar” kompaniyasi rahbari.

Ba’zi olmalar Argentinadan, ba’zilari esa Janubiy Afrikadan keltiriladi. Larsonning shirkati bir oyda 40 ming shisha sharbat hozirlab, Shvetsiyadagi 150 do’kon va kafelarga yetkazib turadi.

Maqolalar arxivi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *