Qish hamma joyda deyarli bir xil: oppoq qor, qalin kiyinib olgan odamlar, sirpanchiq yo’llar, arang harakatlanayotgan mashinalar, uyingizning tomidan naq yerga qadar osilib turgan muzlar… Toshkentda do’stlar yig’ilishib qolsak (qish payti), albatta, birrov bolalikni eslab qorbo’ron o’ynardik. Amerikada, avvalgi suhbatlarimizda aytib o’tganimday, qorbo’ron o’ynayotgan yoshlarni deyarli ko’rmaysiz. Bunga bu yurtlardagi qorning qo’lga mutlaqo “o’rganmasligi” sabab […]
Yaxshisi, avval bilib oling
Ha, aynan shunday, o’zga yurtda, o’zga madaniyat egalari bilan qanday masalada kelishmang, avvalo, o’sha kelishganingiz masala aslida mehmon bo’lib turganingiz mamlakat ahli qarashlarida aynan qanday tushunilishini bilib olganingiz ma’qul, aks holda… Juda ham yomoni yangi sharoitda yangi do’st o’rniga navbatdagi dushmanni orttirishingiz, yengilrog’i esa, anchayin kulgi bo’lishingiz turgan gap. Maqtanib, gapni quruq olib qochib nima […]
Rojdestvo, Yangi yil va “adolatli” menejerlar haqida
Musofirchilikdagi hayot bilan bog’liq kuzatishlar va taassurotlar haqidagi suhbatimizni davom ettiramiz. Dastlab ikki og’iz, kechagina ko’pchilik davlatlar va shu qatori O’zbekistonda ham keng nishonlangan sanaga to’xtalsam. Aytib o’tish joiz, amerikaliklar uchun qish mavsumidagi eng yirik bayram bu “Christmas”, ya’ni Rojdestvo (Mavlud kuni) hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko’ra, nasorolar cherkovlarida Rojdestvo bilan oid voqealarni xotirlash an’anasi II asrdan […]