Pitsburgdagi o’zbeklar yangi jamiyat tuzish ishlarini boshladi

AQShning Pensilvaniya shtati, Pitsburg shahrida istiqomat qiluvchi oʻzbeklar tashabbus guruhi oʻzbeklar jamiyatini yaratish boʻyicha harakat boshladi. 23 iyun kuni ilk norasmiy yigʻini boʻlib oʻtdi. Tadbirda Pitsburgda ham huddi Amerikaning bir qator boshqa shtatlarida boʻlgani kabi oʻzbeklar jamiyatini yaratish gʻoyasi muhokama qilindi. Unda “Vatandosh” gazetasi hamda shu nomdagi oʻzbeklar jamiyati asoschilaridan biri Farhod Sulton ham ishtirok […]

AQSh maktablarida oʻquvchilar xavfsizligi qanday ta’minlanadi?

Soʻnggi paytlarda bir qator ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ayrim videolar va xavotirli ovozalar  uzoq Amerika Qoʻshma shtatlari maktablarida joriy qilingan tartiblar va bolalar xavfsizligi masalalari haqida ikki ogʻiz toʻxtalishga undadi. Toʻgʻri, ikki enlik maqola ichida butun Amerika boʻylab amalga oshirilayotgan chora va tadbirlar haqida aniq-tiniq hikoya qilishning imkoni yoʻq, qolaversa, har shtatning oʻz qoida va tartiblari […]

Pitsburgdagi o’zbeklar: “Kavsar” restorani

Pitsburgni bir marotaba boʻlsin, ziyorat qilgan inson borki, bu yerdagi eng chiroyli, eng tomoshabop joylar qatori, shubhasiz, “Mount Washington”ni (Vashington tepaligi) tilga oladi. Chindan ham shaharning bu qismi oʻzgacha goʻzallikka ega. Zero aynan mana shu yerdan, shahar markazi, “Steelers” jamoasining AQShda juda ham mashhur oʻyingohi shundoqqina kaftingizda turganday koʻrinadi. Aynan mana shu yerdan, yaʼni “Mount […]

Onlayn savdo qulayliklari va…

Amerikaga kelganingiz zahoti sizni oʻziga shubhasiz maftun qilguvchi, yana ham aniqrogʻi oʻziga rom qilib domiga tortib ketguvchi qulayliklardan biri bu onlayn savdo-sotiq. Oʻzbekistonda bu turdagi xizmat koʻrsatish amaliyoti naqadar rivojlangan va uning foydalanuvchilari qanchalar koʻpligi bizga qorongʻi, ammo AQShda bu qulaylikdan foydalanuvchilar juda ham koʻp. Oʻzi aslida, avvalgi suhbatlarimizda aytib oʻtganimizday, amerikaliklar imkon qadar koʻp […]

Shukronalik kuni tarixiga nazar

Shukronalik kuni garchi avvalgi maqomini deyarli yo’qotib ulgurgan bo`lsa-da, uning asosiy tartiblaridan biri, bayramni, albatta, oilaning barcha a`zolari bilan barobar nishonlash hanuzgacha saqlanib qolgan. Aslida shukronalik dasturxonini tuzash an`anasi haqida bugun amerikaliklar orasida turli taxminlar yashaydi. Ularning barchasi aslida o`z holicha qiziq, ammo haqqoniy tarixga aloqasi yo`q. Bayramning diniy maqomi ham aslida haqiqatdan biroz uzoq. […]

Ukraina inqiloblaridan uch yil o’tib…

Ukrainada maydon inqiloblarining uch yilligi kutib olindi, qurbonlar xotirlandi. Inqilob ortidan mamlakat sharqida ayirmachilar bilan boshlangan urush ham, Qrimning  ishg`oli, boy berilishi ham aholining aksariyat qismida oriyat va qadr-qimmat inqilobi sifatida qabul qilingan bu siyosiy silsiladan taassuf uyg`otmagan. Maydon inqiloblari boshlangan kun – 21-noyabr Ukrainada bayram sifatida belgilangan. Taomilga ko`ra, shu kuni jamoatchilik, siyosiy rahbariyat […]

Buxoro yahudiylari muzeyi – Amerikada O’rta Osiyoning bir bo’lagi

Amerika qaynar qozondir. Bu qozonga tushgan elatlarning o’zligini saqlab qolishi oson emas. O’rta Osiyoni chorak asr oldin tark etgan Buxoro yahudiylari ham shu muammoga duch kelgan. Ularning Nyu-Yorkdagi muzeyi yosh avlodga bobolarining tarixi va madaniyati haqida ma’lumot uzatishda bebaho resursdir. O’rta Osiyoda asrlar davomida yashagan Buxoro yahudiylari Sovet Ittifoqi tarqalib ketganidan so’ng asosan Isroil va […]

Ukrainadagi namoyishlar inqilob davrini eslatdi

​​Ukrainadagi ko`ngilli batalyonlar, millatchi radikal guruhlar hukumatni yangi inqiloblardan ogohlantirmoqda. Hafta oxirida radikal qarashlari blan tanilgan “O`ng sektor”, millatchi guruhlar va  ayirmachilar bilan jang qilayotgan ko`ngilli batalyon vakillari Kiyevda namoyish o’tkazdi. Ukraina matbuotida keng yoritilgan bu namoyishlar Poroshenko hukumatiga yo`llangan ogohlantirish sifatida baholanmoqda. Hokimiyatning asosiy idoralari joylashgan Kiev markaziy ko`chalari bo`ylab yurish qilgan namoyishchilar Rossiya […]

Amerikalik musulmonlar hayit namozini qanday nishonlaydi?

Aziz do’stlar, atigi bir necha kun muqaddam biz Yaratganning buyuk inoyati bo’lmish Iyd al-Fitrni nishonladik. Yonimizda bo’lgan yaqinlarimizni quchoq ochib, yiroqdagi birodarlarni esa ijtimoiy tarmoqlar orqali tabrikladik. Albatta, birinchi galda musofir inson bu tadbirning o’z mamlakatidagi tantanasini eslaydi, sog’inadi. Shu bois bo’lsa kerak, hamma “hozir agar O’zbekistonda bo’lganimizda, Hayit namozidan so’ng qaynoq patirlar bilan shirinliklarni […]