Qish hamma joyda deyarli bir xil: oppoq qor, qalin kiyinib olgan odamlar, sirpanchiq yo’llar, arang harakatlanayotgan mashinalar, uyingizning tomidan naq yerga qadar osilib turgan muzlar… Toshkentda do’stlar yig’ilishib qolsak (qish payti), albatta, birrov bolalikni eslab qorbo’ron o’ynardik. Amerikada, avvalgi suhbatlarimizda aytib o’tganimday, qorbo’ron o’ynayotgan yoshlarni deyarli ko’rmaysiz. Bunga bu yurtlardagi qorning qo’lga mutlaqo “o’rganmasligi” sabab […]