Robotlar qurilishda odamlarning o’rnini egallamoqda

Posted April 8th, 2018 at 11:03 pm (UTC+4)
Leave a comment

Yaqin kelajakda qurilishda, asosan, robotlar ishlaydi. Masalan, yarim avtomatlashgan g’isht qo’yuvchi mana bu mashinani olaylik. “Berich Meysonri” kompaniyasi yaratgan robot bir kunda 3000 tagacha g’isht qo’yadi.

“Sifatni yo’qotmagan holda samaradorlikni oshirmoqchi bo’ldik”, – deydi kompaniya prezidenti Todd Berich.

Yoki 20 daqiqa ichida havodan 36 gektar maydonni 3-D tasvirga tushiruvchi dronni olaylik. Inson bu ishni kuni bilan qiladi. Yaqin kelajakda qurilish kompaniyalari robotlar yordamida katta ishlarni qisqa vaqt ichida bajaradigan bo’ladi.

Avtomatlashgan buldozer yana bir yangilik. Ixtirochi Maykl Chuyning aytishicha, qurilishga barcha robotlarni jalb qilish lozim.

“Mashinalar odamlarning ishini qiladigan bo’lsa, odamlar boshqa ishlarga o’tishi kerak”, – deydi u.

Maqolalar arxivi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *