Joriy yilning fevral oyida ijtimoiy tarmoqning oʻzbek segmentida “Oltinchi qavat: prezident tansoqchisining kundaligi” qissasi katta shov-shuv uyg’otdi. Taxminiy hisoblarga koʻra, mazkur asarni 15 mingdan ortiq inson oʻqigan, ijtimoiy tarmoqdagi oʻz sahifasiga koʻchirib bosgan va sahifalardagi do’stlari va mushtariylari orasida tarqalishida ishtirok etgan. Qissa muallifi yozuvchi, jurnalist va siyosatchi Jahongir Muhammad (Jahongir Mamatov) bo’lib, ayni damda […]
Jahongir Muhammad: “Hatto Mirziyoyev ham oltinchi qavatdan hazar qildi”
Asosli va asossiz qo’rquv haqida mulohaza
Dunyo olimlari tomonidan oʻtkazilgan qator tadqiqotlar natijasi oʻlaroq maʼlum qilinishicha, inson zotini tinimsiz bezovta qilib turuvchi 100 dan ortiq qoʻrquv turlari mavjud. Garchi bu qoʻrquvlar keng tarqalgan va hatto alohida tadqiqotlar oʻtkazilishi uchun sababga aylangan boʻlsa-da, hammasi jamlanib faqat ikki turga boʻlinar ekan. Yaʼni ASOSLI va ASOSSIZ. Ishoning. Biroz kulgili tuyulsada, qoʻrquv “asosli” va “mutlaqo […]
Musofir bo’lmasdan turib…
Xalqimizda “Musofir bo’lmasdan turib, musulmon bo’lmaysan”, degan maqol bor. Bu maqol aynan nimaga asoslangani, uning zamirida qanday daliliy, hayotiy, yuz yillar davomida pishib, toblanib olingan haqiqat borligi, gapning ochig’i, menga qorong’i. Musofirchilik chindan ham ko’p narsani o’rgatadi, ko’p narsaga mutlaqo boshqa ko’z bilan qaray boshlaysan. Hayratlanarlisi, aynan mana shu musofirchilikda musulmonlar, aniqrog’i Islom dinini o’zining […]
Chinakam qish bilan tanishuv
Qish hamma joyda deyarli bir xil: oppoq qor, qalin kiyinib olgan odamlar, sirpanchiq yo’llar, arang harakatlanayotgan mashinalar, uyingizning tomidan naq yerga qadar osilib turgan muzlar… Toshkentda do’stlar yig’ilishib qolsak (qish payti), albatta, birrov bolalikni eslab qorbo’ron o’ynardik. Amerikada, avvalgi suhbatlarimizda aytib o’tganimday, qorbo’ron o’ynayotgan yoshlarni deyarli ko’rmaysiz. Bunga bu yurtlardagi qorning qo’lga mutlaqo “o’rganmasligi” sabab […]
Yaxshisi, avval bilib oling
Ha, aynan shunday, o’zga yurtda, o’zga madaniyat egalari bilan qanday masalada kelishmang, avvalo, o’sha kelishganingiz masala aslida mehmon bo’lib turganingiz mamlakat ahli qarashlarida aynan qanday tushunilishini bilib olganingiz ma’qul, aks holda… Juda ham yomoni yangi sharoitda yangi do’st o’rniga navbatdagi dushmanni orttirishingiz, yengilrog’i esa, anchayin kulgi bo’lishingiz turgan gap. Maqtanib, gapni quruq olib qochib nima […]