Chet elda yashovchi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari “O’zbekiston Respublikasining konsullik ustavi” 43-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi”ning II bo’limi 5, 6-bandlariga ko’ra, o’zlari yashab turgan mamlakatdagi O’zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsulligi orqali O’zbekiston Respublikasidan chiqish vizalarini olishlari, ularning muddatini uzaytirishlari mumkin.
“O’zbekiston Respublikasining konsullik ustavi” 43-moddasida quyidagilar yozilgan:
“Konsul O‘zbekiston Respublikasiga kirish, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketish va O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tish uchun vizalar berish, ularning muddatini uzaytirish, ularni bekor qilish, shuningdek berilgan vizalarga o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega”.
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi” II bo’limida esa quyidagilar yozilgan:
“5. Chet elga vaqtincha yashashga ketgan (xizmat safariga, o‘qishga, kontrakt bo‘yicha ishlashga va shu kabilar) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari muayyan yoshga to‘lganligi hamda pasportida belgilar va vizalar qo‘yish uchun varaqlar tugaganligi, shuningdek chet elga borish uchun stikerni rasmiylashtirish munosabati bilan pasport almashtirilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga pasport berish va chet elga chiqish uchun stikerni rasmiylashtirish to‘g‘risida belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat qiladilar. Fuqarolarning arizalari belgilangan tartibda konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi hamda pasport va stikerni rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Ichki ishlar vazirligiga jo‘natiladi. Rasmiylashtirilgan pasport egasiga berish uchun Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga yuboriladi. Pasportni rasmiylashtirishning to‘liq davriy muddati 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
6. Vaqtincha yashash uchun chet elga ketgan, u erga oshkora kelgan va chet elda doimiy yashashga qaror qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun belgilangan shakldagi hujjatlar bilan O‘zbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga murojaat qiladilar”.
Konsullik muassasasi fuqarolarning chet elda doimiy yashash uchun qoldirish bo‘yicha hujjatlarini rasmiylashtiradi va masalani belgilangan tartibda kelishish uchun hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligi orqali Ichki ishlar vazirligiga yuboradi. Chet eldagi vakolatxonada doimiy ro’yxatdan o’tilsa, 2 yillik OVIR emas, muddatsiz doimiy OVIR-ruxsatnoma stikeri beriladi.
One response to “OVIR stikerini konsullik orqali olish mumkinmi?”
Azizbek Kamalov
Assalomu aleykum meni savolim bor edi men O’zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini alishtirishim kerak eka yangi biometrik pasportga lekin men O’zbekistonga borishga sharoitim yuq qolaversa Souren California Healthing Institute talabasiman menga ruhsat bermaydi endi boshladim uqishni shu men avval koreada bolgan edim uyerdagilarfaqat studentlarga alishtirib beramiz degan edi men ham buyerda studentman va green card ham bor muddati 2024 yilgacha men pasport alishtirishim uchun qayerga murojat qilay va qanday dakumentlarni taqdim qilishim kerak buladi iltimos shu savollarimga javobersangizlar