Agar kimdir sizga Amerika insonni butkul oʻzgartirib yuboradi desa, ishonishingiz mumkin. Chindan ham shunday. Ammo, bunda na AQShning, na amerikaliklarning ishtiroki bor. Hamma oʻzgarishlar ortida shaxsiy injiqliklar turadi. Lekin, ishoning, “sharoit shuni taqozo etdi” deyish mutlaqo notoʻgʻri. AQShdagi hayotni, bu yerdagi insonlar kayfiyati va xulqini tushunish, buning negizini aniqlash uchun birinchi galda mamlakat tarixiga nazar […]
Oʻzbekistonda kim edigu, AQShda kim boʻlmoqchimiz?
Bizda bori bunda yoʻq, bunda bori bizda…
Bugungi, insoniyat maʼlumotlar boʻroni ostida umr kechirayotgan kunlarda, aminmanki koʻpchilik doʻstlarimiz dunyoning har oʻlkasi, har millati va xalqlari haqida yetarli axborotga egaman degan xulosaga boradi. Bir qarashda chindan ham shunday, bunda ayniqsa ijtimoiy tarmoq orqali oʻz blogiga ega insonlarning xizmati katta. Har qalay, bugun siz u yoki bu davlatga mehmonga ketar payt, oʻzingiz bilan (shaxsiy […]
Oʻzbekcha ehson va amerikacha xayriya haqida ikki ogʻiz
Atigi bir necha oy muqaddam telegram tarmogʻida “Xayriya.uz” deb nomlangan guruh tashkil etildi. Dunyoni karaxt qilib qoʻygan virus paydo boʻlishidan ancha oldin. Guruh asoschilaridan biri, hozirda AQShning Sietl shahrida istiqomat qiluvchi vatandoshimiz Farhod Sulton. Dastlab guruh oldiga kichik vazifa qoʻyildi, yaʼni Toshkent viloyatidagi bir nechta oilaga yordam qoʻlini choʻzish. Bugungi, vabo davrida oʻrnatilgan miqdordan ancha […]
Pitsburgda restoran ochgan o’zbek: biznes qanday ketyapti?
Pensilvaniya shtati Pitsburg shahri gʻarbiy qismi (West End) bir mahallar juda gavjum boʻlgan. Hozir esa ancha huvillab qolgan, chunki iqtisodiy vaziyat yomonlashgan. Bu hududning asosiy yashovchilari qora tanli amerikaliklar. Oʻzbekistonlik Sarvar Abdurashidov bu yerda pitsaxona ochgan. Shaharning u qadar gavjum bo’lmagan qismi bo’lsa ham, biznes yaxshi, deydi u. “Bella Monte” deb nomlangan mazkur pitsaxona haqida […]
Pitsburgdagi o’zbeklar yangi jamiyat tuzish ishlarini boshladi
AQShning Pensilvaniya shtati, Pitsburg shahrida istiqomat qiluvchi oʻzbeklar tashabbus guruhi oʻzbeklar jamiyatini yaratish boʻyicha harakat boshladi. 23 iyun kuni ilk norasmiy yigʻini boʻlib oʻtdi. Tadbirda Pitsburgda ham huddi Amerikaning bir qator boshqa shtatlarida boʻlgani kabi oʻzbeklar jamiyatini yaratish gʻoyasi muhokama qilindi. Unda “Vatandosh” gazetasi hamda shu nomdagi oʻzbeklar jamiyati asoschilaridan biri Farhod Sulton ham ishtirok […]
AQSh maktablarida oʻquvchilar xavfsizligi qanday ta’minlanadi?
Soʻnggi paytlarda bir qator ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ayrim videolar va xavotirli ovozalar uzoq Amerika Qoʻshma shtatlari maktablarida joriy qilingan tartiblar va bolalar xavfsizligi masalalari haqida ikki ogʻiz toʻxtalishga undadi. Toʻgʻri, ikki enlik maqola ichida butun Amerika boʻylab amalga oshirilayotgan chora va tadbirlar haqida aniq-tiniq hikoya qilishning imkoni yoʻq, qolaversa, har shtatning oʻz qoida va tartiblari […]
Pitsburgdagi o’zbeklar: “Kavsar” restorani
Pitsburgni bir marotaba boʻlsin, ziyorat qilgan inson borki, bu yerdagi eng chiroyli, eng tomoshabop joylar qatori, shubhasiz, “Mount Washington”ni (Vashington tepaligi) tilga oladi. Chindan ham shaharning bu qismi oʻzgacha goʻzallikka ega. Zero aynan mana shu yerdan, shahar markazi, “Steelers” jamoasining AQShda juda ham mashhur oʻyingohi shundoqqina kaftingizda turganday koʻrinadi. Aynan mana shu yerdan, yaʼni “Mount […]
Onlayn savdo qulayliklari va…
Amerikaga kelganingiz zahoti sizni oʻziga shubhasiz maftun qilguvchi, yana ham aniqrogʻi oʻziga rom qilib domiga tortib ketguvchi qulayliklardan biri bu onlayn savdo-sotiq. Oʻzbekistonda bu turdagi xizmat koʻrsatish amaliyoti naqadar rivojlangan va uning foydalanuvchilari qanchalar koʻpligi bizga qorongʻi, ammo AQShda bu qulaylikdan foydalanuvchilar juda ham koʻp. Oʻzi aslida, avvalgi suhbatlarimizda aytib oʻtganimizday, amerikaliklar imkon qadar koʻp […]
Shukronalik kuni tarixiga nazar
Shukronalik kuni garchi avvalgi maqomini deyarli yo’qotib ulgurgan bo`lsa-da, uning asosiy tartiblaridan biri, bayramni, albatta, oilaning barcha a`zolari bilan barobar nishonlash hanuzgacha saqlanib qolgan. Aslida shukronalik dasturxonini tuzash an`anasi haqida bugun amerikaliklar orasida turli taxminlar yashaydi. Ularning barchasi aslida o`z holicha qiziq, ammo haqqoniy tarixga aloqasi yo`q. Bayramning diniy maqomi ham aslida haqiqatdan biroz uzoq. […]
Ukraina inqiloblaridan uch yil o’tib…
Ukrainada maydon inqiloblarining uch yilligi kutib olindi, qurbonlar xotirlandi. Inqilob ortidan mamlakat sharqida ayirmachilar bilan boshlangan urush ham, Qrimning ishg`oli, boy berilishi ham aholining aksariyat qismida oriyat va qadr-qimmat inqilobi sifatida qabul qilingan bu siyosiy silsiladan taassuf uyg`otmagan. Maydon inqiloblari boshlangan kun – 21-noyabr Ukrainada bayram sifatida belgilangan. Taomilga ko`ra, shu kuni jamoatchilik, siyosiy rahbariyat […]