Posted December 4th, 2014 at 11:43 am (UTC-5)
Kuni kecha Qirg’izistonda Bobur nomli O’sh davlat o’zbek akademik drama teatrining 95 yilligi nishonlandi. Salkam bir asr davomida ushbu san’at dargohi sahnasida jahon klassikasi hamda qirg’iz va o’zbek adabiyoti asosida 600 asar qoyilgan.
Deyarli yuz yil muqaddam Qirg’izistonning birinchi teatri oldida ommani ma’rifat-madaniyatga chorlash vazifasi turgan edi. Asr o’tib, hamon o’sha vazifa…
Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif
Yosh artistlar sahnaga chiqish oldidan, noyabr, 2014-yil.
Teatr direktori Qirg’iziston xalq artisti Baxtiyorjon To’xtamatov (suratda o’ngda) hamda Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan artist Ziyovuddin Jalolov mehmonlarni qarshi olmoqda, noyabr, 2014-yil.
Qirg’izistonning eng ko’hna teatri 95 yoshga kirdi, noyabr, 2014-yil.
Yangi, 96-mavsum repertuaridan klassik va zamonaviy asarlar o’rin olgan, noyabr, 2014-yil.
85 yoshli Ergashboy ota Ahmadaliyev o’spirinlik paytidan teatrrda surnaychi bo’lib ishlagan, noyabr, 2014-yil.
O’sh davlat o’zbek akademik drama teatri binosi oldidagi gulzor, noyabr, 2013-yil.
Xalq artisti Rasuljon Uraimjonovni o’z vaqtida mashhur italyan qo’shiqchisi Robertino Lorettiga o’xshatishar edi, noyabr, 2013-yil.
Mana bu qizaloqlar teatr san’atining kelajagi (muallif arxividan)
Qirg’iziston xalq artisti Oytojixon Shobdonova qalamkash Lutfullo Rahmonov bilan suhbatda, noyabr, 2014-yil.
Turli zamon liboslari teatr ustaxonasida bichib-tikiladi, noyabr, 2014-yil.
Turli zamon liboslari teatr ustaxonasida bichib-tikiladi, noyabr, 2014-yil.