Showing Archived Posts

Tojik anklavlari mojaro o’chog’i bo’lib qolmoqda

Posted July 23rd, 2014 at 12:28 pm (UTC-4)
Leave a comment

Sho’rolar davrida Tojikistonning Isfara nohiyasi respublika shimoli-sharqida rivojlangan sanoat markazi bo’lgan. Hozirda Isfara shahrida sanoqli sanoat korxonalarigina ishlab turibdi. Nohiya 1927-yilda O ‘zbekistonning Xo’jand okrugi tarkibida tashkil etilgan bo’lib, 1929-yilgi milliy chegaralanishga ko’ra Tojikistonga berilgan. Nohiya shimolidagi Lakkon qishlog’ining  Turkiston to’g tizmasi etaklari O’zbekiston chegara qo’shinlari tomonidan piyodalarga qarshi minalashtirilgan bo’lib, respublikada ilk mina qurbonlari […]

Tags: , , Posted in Tojikiston

Qirg’izistonda Ramazon

Posted July 9th, 2014 at 6:48 pm (UTC-4)
Leave a comment

“Ramazon aytib keldik eshigingizga, Xudoyim o’g’il bersin beshigingizga…” Ushbu Ramazon qo’shig’i Markasiy Osiyo o’lkalarida necha yuz yillardan beri bolalar tomonidan aytib kelinadi, desak yolg’on bo’lmas. Hozirda unga yangi satrlar, motivlar qo’shilmoqda. “Otni sotib, qiz oldik…” Zamon yangi. Ammo azaliy, pok, o’sha Ramazon aytayotgan bola qalbiday sof orzu-tilaklar… Ramazon oyi udumlari qirg’iz diyorida o’z jilosini sovetlar […]

Posted in Qirg'iziston

Dunyoga mashhur O’sh tandirlari

Posted July 3rd, 2014 at 3:21 pm (UTC-4)
Leave a comment

So’nggi yillarda O’sh (Qirg’iziston) tandirlarining bozori tobora qizib bormoqda. Avvallari har bir xonadon uchun muhim hisoblangan ushbu qurilma faqat mahalliy aholi tomonidan sotib olingan bo’lsa, endi talabgorlar safida xorijiy xaridorlar ham oz emas. «Amerikada istiqomat qilayotgan tadbirkor hamshahrimiz ikkita non tandir va ikkita somsa tandirga buyurtma berdi. Rossiyalik nonvoy-u somsapazlar esa doimiy mijozimiz», – deya […]

Tags: , Posted in Qirg'iziston

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

July 2014
M T W T F S S
« Jun   Aug »
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031