Markaziy Osiyoning olti mamlakati (Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) xalqlari birdam bo‘lib yashashi va umumiy sa’y-harakatlar bilan rivojlanishi kerakligi haqidagi fikr – yangilik emas. Ko‘p o‘qimishli va obro‘li odamlar bunday fikrni ilgari surganlar. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra, shu paytgacha bunday bunyodkor fikr shirin umidligicha qolib kelgan. Bugun biz Markaziy Osiyoda yangicha kayfiyatni kuzatyapmiz. […]
Markaziy Osiyo Yoshlar Ligasi: yangi davrda – yangicha harakat
Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni
Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni nishonlandi. Mahalliy faollar tomonidan ilk bor 2011-yil otkazilgan tadbir norasmiy bayram tusini olib, har bahor 5-mart kuni, tabiat uyg’ona boshlagan paytda o’tkazilayotir. Shahar-qishloqlarda millat qadriyatlarining ramzi bo’lmish libosga bag’ishlangan tanlovlar, konsertlar, bayram yurishlari, xalq hunarmandlari asarlarining ko’rgazmalari bo’lib o’tdi. Aytish joizki, bu kun mamlakat parlamentining majlisiga milliy […]