Shukur Burhonov nomidagi Tojikistondagi yagona o’zbek musiqali drama teatri tarixi qariyib yuz yilga borib taqaladi. Bundan 95 yil muqaddam, o’tgan asrning yigirmanchi yillari o’rtasida o’sha vaqtlarda O’zbekiston hududida bo’lgan “Qizil Putilov” kolxozi raisi Qoripo’lat Rahmatboyev va san’at shaydosi Do’stmat Husainovlar maslahatlashib, havaskorlik to’garagi tashkil etishga qaror qiladilar. O’zbek sozandasi Otabobo Boboyev va cholg’uchi, xalq hofizi […]
Tojikistondagi yagona o’zbek musiqali drama teatri 80 yoshda
Jalol-Obod, Arslonbob va O’zgandagi bebaho lahzalar
JALOL-OBOD O’sh singari Jalol-Obodga ham yarim kechada kirib bordim. Shahar markazidagi xonadonda mezbonlarimning ko’zi chaqnaydi, xuddi endi tong otib, yaqin bir tanishlari nonushtaga kelgandek. Katta zalda chiroyli dasturxon yozilgan, issiq ovqat tayyor. O’zimni koyidim – ertaroq yetib kelolmaganim uchun. Buning imkoni bormidi o’zi? Albatta yo’q, chunki mintaqamizda yarim soatlik uchrashuv aslida uch soat degani, uch […]
Xorijda mashhur Qirg’iziston dorbozlari bu gal vatanni gullatdi
Yaqinda, yozning oxiri – kuzning dastlabki kunlarida, O’sh viloyati Novqat tumanining so’lim Sahoba oromgohida qarqarqishloqlik mashhur dorbozlar guruhi tomosha ko’rsatdi. Hafta davomida ixlosmandlarning safi arimadi. “Qo’shni Aravondan keldik. Ota-bobolardan qolgan bu qadim san’atni sog’inib qolgan ekanmiz, maza qildik, – deydi o’zini fermer deb tanishtirgan Azamat aka Vohidov. – Avvallari biz tomonda ham yilda ikki-uch bor […]
Qirg’iziston: Sahoba – qadim mozor, obidalar va oromgoh
Sahoba – ko’hna mozorga berilgan nom. Kech bahordan to kuzning o’rtalarigacha bu so’lim go’sha gavjum. Salqin tog’ havosi, betakror tabiat, qadim ziyoratgohlar mintaqaning turli burchaklaridan minglab odamlarni o’ziga jalb qiladi. Sovuq tushgach, odatda, ziyoratchilar kamayadi va Sahobaning kuzgi-qishki jilosidan faqat mahalliy aholi, asl tabiat shaydolari-yu, betinim tadqiqotchilar bahramand bo’lishadi. Sahoba ziyoratgohi O’shdan 40 chaqirim g’arbroqda, […]
O’sh: ushalgan va ushalmagan orzular
O’sh meni o’ziga sehrlab qo’ydi. O’zbek, qirg’iz yoki rus, kimning xonadoniga bormay o’zimni uydagidek, bolaligim o’tgan hovlidagidek his etdim. 2010-yilning iyun oyidagi qonli voqealardan astalik bilan o’ziga kelayotgan, minglab qalblar bir umrga jarohatlangan bu azim shahar horg’in. Lekin ortiqcha shikoyat qilmaydi. Dardini ichiga yutib, kunini ko’rmoqda. O’shda hayot o’tgan to’rt yil ichida qanchalik o’zgardi deya […]
Bishkek – global, erkin, ta’mirtalab shahar
Sovet davrida Frunze, ungacha esa Pishpek, bugungi kunda esa Bishkek – Qirg’iziston poytaxti – o’tgan o’n yillikda ikki inqilob va qonli, tahlikali namoyishlarga guvoh bo’ldi. Markaziy Osiyoning boshqa biror markazi yaqin o’tmishda bu qadar siyosiy voqealarni boshdan kechirmagan. Biroq Bishkek bir qarashda Sovet davridan beri ko’p o’zgarmagandek. Imoratlar, ko’chalar eskirgan. Kommunizm nishonalarini ko’rasiz atrofda. Qizig’i, […]