Showing Archived Posts

Xo’jand: “eskisini buzib, yangisini qurishmoqchi”

Posted January 29th, 2015 at 12:26 am (UTC-5)
Leave a comment

Keyingi yillarda Tojikiston shahar va nohiya markazlarida bir qancha qurilishlar olib borilmoqdaki, buni mamlakatga tashrif buyurgan mehmonlar ham qayd etishmoqda. 2015-yilda Navro’z tantanalari Tojikistonning So’g’d viloyati markazi bo’lmish Xo’jand shahrida xalqaro miqyosda nishonlanishi rejalangan. Tojikiston, Afg’oniston va Eron davlatlari rahbariyati kelishuviga muvofiq, Navro’z tantanalari har yili navbatma-navbat bu mamlakatlarning birida o’tadi. Mezbonlik bu yil Xo’jand […]

Posted in Tojikiston

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

January 2015
M T W T F S S
« Dec   Feb »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031