Xo’jand: “eskisini buzib, yangisini qurishmoqchi”

Posted January 29th, 2015 at 12:26 am (UTC-5)
Leave a comment

Keyingi yillarda Tojikiston shahar va nohiya markazlarida bir qancha qurilishlar olib borilmoqdaki, buni mamlakatga tashrif buyurgan mehmonlar ham qayd etishmoqda.

2015-yilda Navro’z tantanalari Tojikistonning So’g’d viloyati markazi bo’lmish Xo’jand shahrida xalqaro miqyosda nishonlanishi rejalangan.

Tojikiston, Afg’oniston va Eron davlatlari rahbariyati kelishuviga muvofiq, Navro’z tantanalari har yili navbatma-navbat bu mamlakatlarning birida o’tadi. Mezbonlik bu yil Xo’jand shahriga nasib etgan.

Shaharning Kamol Xo’jandiy nomli madaniyat va istirohat bog’i bayram munosabati bilan qayta qurilmoqda. Sho’rolar davrida o’rnatilgan barcha yodgorlik va attraksionlar, hatto keksa chinorlar ham olib tashlangan. Yangi attraksionlar Turkiyadan keltiriladi, qurilishga Eron arxitektorlari jalb etilgan.

Xo’jand ahliga bolaligini eslatuvchi haykallar buzib tashlangan, asriy chinorlar qo’porilgan. Me’morlar deydiki, “eskisini buzmay, yangisini qurib bo’lmaydi”.

Hozir viloyat markazidagi madaniyat va istirohat bo’g’iga kiraverishda milliy o’ymakorlik san’atini eslatuvchi ulug’vor temir beton ustunlardan ko’tarilgan darvoza – arka qurilmoqda. Mahalliy kandakorlarning aytishicha, past bo’lsa ham ustunlar yog’ochdan o’rnatilsa, tabiiy va go’zal chiqardi, ammo hukumat yuksak bo’lsin deb buyruq bergan.

Navro’zning Xo’jandda nishonlanishi oldidan, shahar markazidagi shohko’chalar chetiga, yo’laklar yonlab Gollandiyadan maxsus keltirilgan lola piyozlari ekilmoqda.

Lenin haykali o’rniga o’rnatilgan Ismoil Somoniyning 20 metrdan balandroq haykali atrofidagi favvoralar qayta nazardan o’tkazilib, kechalari rang-rang tovlanishi kafolatlanmoqda.

Shahar arxitektura bosh boshqarmasi, viloyat madaniyat boshqarmasi va tegishli idoralar hamkorligida Xo’jandning Navro’z kunlarigacha tegishli tarzda obod bo’lishi uchun maxsus loyiha ishlab chiqqan. Unga ko’ra, ommaviy tadbirlar o’tadigan maydonlarda xavfsizlik ta’minlanadi, noxush ko’rinishlar mehmonlar nazariga tushmasligi kerak.

Xo’jand Markaziy Osiyoning Sirdaryo sohilida joylashgan yirik shahri bo’lib, qadimda uni “Tirozi jahon” (o’zbekchada “Dunyo kamalagi”) deb nomlashgan.

Arboblarga ko’ra, shahar xalqaro bayram kunlari ana shu nomni oqlashi zarur.  Ko’chalarda shomgacha ish qaynaydi, texnika va ishchi kuchi sahardan kechgacha tinim bilmaydi.

Xo’jand Farg’ona vodiysining eng g’arbiy qismi hisoblanib, qor va yomg’irli bulutlar shaharni chetlab o’tadi, faqat qattiq sovuq tushgandagina ko’chalar qorga burkanadi.

Mahalliy ma’murlarga ko’ra, mamlakatda Oliy Majlis va mahalliy xalq deputatlariga o’tkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik yangi qurilishlarning borishiga ta’sir o’tkazmaydi, jarayon nazorat ostida.

Ko’chalarda hozir uchrayotgan gadoylar, piyodalarga xalaqit beruvchi yo’l chetidagi noqonuniy savdo nuqtalari yo’qotiladi, eski binolar bezakli material bilan to’sib qo’yiladi.

Hukumat zarur mablag’ ajratgan, buning aksar qismi tadbirkorlar va savdogarlardan “ixtiyoriy- -majburiy” tarzda undirilishi aniq, deydi xo’jandliklar.

Marhamat, Xo’janddagi bugungi manzara bilan tanishing:

Xo'janddagi Asiriy nomidagi So'g'd viloyat kutubxonasi

Xo’janddagi Asiriy nomidagi So’g’d viloyat kutubxonasi

Sho'rolar davridagi kinoteatr Yoshlar qasriga aylantirilgan.

Sho’rolar davridagi kinoteatr Yoshlar qasriga aylantirilgan.

Qadimiy Xo'jand qal'asi devori ostida qurilgan tarixiy muzey binosi ko'hna obidani eslatadi.

Qadimiy Xo’jand qal’asi devori ostida qurilgan tarixiy muzey binosi ko’hna obidani eslatadi.

Qal'a devori oldida tungi chiroq o'rnatayotgan ishchi

Qal’a devori oldida tungi chiroq o’rnatayotgan ishchi

Shahar markazidagi  Hoji Yusuf Ibni Mitfayozga (1842-1924) o'rnatilgan byust

Shahar markazidagi Hoji Yusuf Ibni Mitfayozga (1842-1924) o’rnatilgan byust

Klassik shoira Mahastiy Xo'jandiy (1098-1183) byusti

Klassik shoira Mahastiy Xo’jandiy (1098-1183) byusti

Davlat arbobi Abdurahim Hojiboev Tojikistonning O'zbekiston muxtoriyatidan alohida respublika bo'lib ajralishida muhim rol o'ynagan, ammo qatag'onga uchragan.

Davlat arbobi Abdurahim Hojiboev Tojikistonning O’zbekiston muxtoriyatidan alohida respublika bo’lib ajralishida muhim rol o’ynagan, ammo qatag’onga uchragan.

Xo'jandda ona bo'riga o'rntailgan ezgulik timsoli

Xo’jandda ona bo’riga o’rntailgan ezgulik timsoli

Xo'jand markazida Sirdaryo sohiliga o'natilgan davlat gerbi uchun stella

Xo’jand markazida Sirdaryo sohiliga o’natilgan davlat gerbi uchun stella

Ismoil Somoniy majmuasi poyidagi rangli favvoralar

Ismoil Somoniy majmuasi poyidagi rangli favvoralar

Sotsialistik davlat asoschisi haykali shaharning kamodam daryo sohiliga olib borib o'rnatilgan, qarovsiz holatda.

Sotsialistik davlat asoschisi haykali shaharning kamodam daryo sohiliga olib borib o’rnatilgan, qarovsiz holatda.

Xo'jandda XII-XIII asrlarda bunyod etilgan Shayx Maslahaddin maqbarasi

Xo’jandda XII-XIII asrlarda bunyod etilgan Shayx Maslahaddin maqbarasi

Panjshanbe mavzesida XVIII asrda qurilgan minora

Panjshanbe mavzesida XVIII asrda qurilgan minora

Shahardagi Leninobod nomi saqlangan mehmonxona

Shahardagi Leninobod nomi saqlangan mehmonxona

Markaziy madaniyat va istirohat bog'iga kiraverishda yangi qurilayotgan arka-darvoza

Markaziy madaniyat va istirohat bog’iga kiraverishda yangi qurilayotgan arka-darvoza

Arka ustunlari temir-betondan bo'lib, ustiga milliy naqsh tushirilgan.

Arka ustunlari temir-betondan bo’lib, ustiga milliy naqsh tushirilgan.

Ko'hna Xo'jand qal'asi devorlari ostida qayta ta'mir o'tkazilmoqda.

Ko’hna Xo’jand qal’asi devorlari ostida qayta ta’mir o’tkazilmoqda.

Shahar markaziy xiyobonlarida shomgacha ish davom etadi.

Shahar markaziy xiyobonlarida shomgacha ish davom etadi.

20. Quyosh botib, kun qoraysada texnika, odamlar ishni to'xtatmaydi

Quyosh botib, kun qoraysa-da, texnika, odamlar ishni to’xtatmaydi.

Shahar hukumati bayramlar kuni ko'chalarda gadolar bo'lmaydi, desa-da, hozircha yo'laklarda bu manzara ko'p uchraydi.

Shahar hukumati bayramlar kuni ko’chalarda gadolar bo’lmaydi, desa-da, hozircha yo’laklarda bu manzara ko’p uchraydi.

Xo'janddagi planetariy, ajoyib astranomik jihozlarga ega, ammo bugun huvillab yotibdi.

Xo’janddagi planetariy, ajoyib astranomik jihozlarga ega, ammo bugun huvillab yotibdi.

Xo'janddagi ko'kalamzorlashtirish ishlariga, asosan, ayollar jalb etilgan.

Xo’janddagi ko’kalamzorlashtirish ishlariga, asosan, ayollar jalb etilgan.

Xo'jand shahar faxriylari uchun sho'rolar davrida o'rnatilgan Hurmat taxtasi buzdirilmoqda,u yangicha ko'rinish olishi kerak.

Xo’jand shahar faxriylari uchun sho’rolar davrida o’rnatilgan Hurmat taxtasi buzdirilmoqda,u yangicha ko’rinish olishi kerak.

Ko'pqavatli turar joy binosida malakat prezidenti Emomali Rahmon pannosi. Garchi u 18 xonadonni quyosh nuridan bebahra etsa-da, hech kim churq etmaydi.

Ko’pqavatli turar joy binosida malakat prezidenti Emomali Rahmon pannosi. Garchi u 18 xonadonni quyosh nuridan bebahra etsa-da, hech kim churq etmaydi.

Mashhur mumtoz shoir Kamol Xo'jandiyga o'rnatilgan yodgorlik

Mashhur mumtoz shoir Kamol Xo’jandiyga o’rnatilgan yodgorlik

Ravshan Shams
Xo’jand, Tojikiston

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

January 2015
M T W T F S S
« Dec   Feb »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031