Showing Archived Posts

Oʻzbekistonda kim edigu, AQShda kim boʻlmoqchimiz?

Posted January 29th, 2021 at 12:57 pm (UTC-5)
Leave a comment

Agar kimdir sizga Amerika insonni butkul oʻzgartirib yuboradi desa, ishonishingiz mumkin. Chindan ham shunday. Ammo, bunda na AQShning, na amerikaliklarning ishtiroki bor. Hamma oʻzgarishlar ortida shaxsiy injiqliklar turadi. Lekin, ishoning, “sharoit shuni taqozo etdi” deyish mutlaqo notoʻgʻri. AQShdagi hayotni, bu yerdagi insonlar kayfiyati va xulqini tushunish, buning negizini aniqlash uchun birinchi galda mamlakat tarixiga nazar […]

Pitsburgda o’zbek tilida darslar tashkil qilindi

Posted July 22nd, 2020 at 10:15 am (UTC-5)
Leave a comment

Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahrida asos solingan Pitsburgdagi oʻzbeklar jamiyati aʼzolarining tashabbusi bilan shahardagi oʻzbek bolajonlari uchun Ona tili, Oʻzbekiston tarixi, Oʻzbek madaniyati va maʼrifati hamda matematika boʻyicha oʻzbek tilida olib boriluvchi oʻquv mashgʻulotlari tashkillashtirildi. Gʻoya mualliflariga koʻra, AQShdagi hukmron vaziyat, yaʼni koronavirus pandemiyasi tufayli ilk mashgʻulotlar onlayn tarzda, masofadan uyushtiriladi. Oʻquv mashgʻulotlari 5 yoshdan 16 […]

Posted in Muhojirlar

Kam daromadli mamlakatlardan ayol mehnat muhojirlari ko’paygan

Posted March 3rd, 2020 at 11:28 am (UTC-5)
Leave a comment

Bugungi kunda butun dunyoda mehnat migrantlari orasida ayollar soni oshib bormoqda. Jahon bankiga ko’ra, 2019-yilda dunyoda 272 million xalqaro migrant ro’yxatga olingan bo’lsa, shuning 47,9 foizini (130 million) ayollar tashkil etgan. Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlaridan muhojirlarning 49,4 foizi ayollardir. Ayollar orasida mehnat migrantlari ko’payishi yoki kamayishida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit katta rol o’ynaydi. Hisobotlarga ko’ra, […]

Posted in Muhojirlar

Istanbuldagi turkistonliklar jamiyati: tarix va bugun

Posted November 25th, 2019 at 9:59 am (UTC-5)
Leave a comment

Istanbul shahridagi “Turkistonliklar madaniyat va ijtimoiy ko‘mak jamiyati” taqdir taqozosi bilan XX asrning boshlarida va o‘rtalarida Turkiyaga kelib qolgan o‘zbeklar va ularning avlodlarini birlashtirib turadi. Jamiyat faollari Navro‘zni va hayitlarni birgalikda nishonlashadi, to‘ylarda va marakalarda bir-birlarining xonadonlarida xizmatda bo‘lishadi. Bir-birimizning korimizga yarashga, o‘zligimizni asrab qolishga harakat qilyapmiz, deydi ular. Vatandoshlar uchun foydali tashkilot Bugungi kunda “Turkistonliklar […]

Pitsburgdagi o’zbeklar yangi jamiyat tuzish ishlarini boshladi

Posted June 25th, 2019 at 2:29 pm (UTC-5)
1 comment

AQShning Pensilvaniya shtati, Pitsburg shahrida istiqomat qiluvchi oʻzbeklar tashabbus guruhi oʻzbeklar jamiyatini yaratish boʻyicha harakat boshladi. 23 iyun kuni ilk norasmiy yigʻini boʻlib oʻtdi. Tadbirda Pitsburgda ham huddi Amerikaning bir qator boshqa shtatlarida boʻlgani kabi oʻzbeklar jamiyatini yaratish gʻoyasi muhokama qilindi. Unda “Vatandosh” gazetasi hamda shu nomdagi oʻzbeklar jamiyati asoschilaridan biri Farhod Sulton ham ishtirok […]

Jahongir Muhammad: “Hatto Mirziyoyev ham oltinchi qavatdan hazar qildi”

Posted March 31st, 2019 at 1:09 pm (UTC-5)
Leave a comment

Joriy yilning fevral oyida ijtimoiy tarmoqning oʻzbek segmentida “Oltinchi qavat: prezident tansoqchisining kundaligi” qissasi katta shov-shuv uyg’otdi. Taxminiy hisoblarga koʻra, mazkur asarni 15 mingdan ortiq inson oʻqigan, ijtimoiy tarmoqdagi oʻz sahifasiga koʻchirib bosgan va sahifalardagi do’stlari va mushtariylari orasida tarqalishida ishtirok etgan. Qissa muallifi yozuvchi, jurnalist va siyosatchi Jahongir Muhammad (Jahongir Mamatov) bo’lib, ayni damda […]

AQShda soliq to’lash mavsumi: bu haqda nimalarni bilish kerak?

Posted March 21st, 2019 at 11:01 am (UTC-5)
Leave a comment

Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashaydigan har bir inson, xoh u muhojir boʻlsin, xoh sayyoh fevral oyidan to aprel oyining 15-kuniga qadar bu mamlakatda hukm surajak mavsum haqida biladi. Bu Soliq idorasiga yil davomida ishlab topgan daromadi haqida maxsus deklaratsiyani toʻldirish va topshirish. Aslida bu Amerikada qonuniy istiqomat qiluvchi har bir inson qatnashishi shart boʻlgan juda muhim […]

Posted in Muhojirlar

Turkiyada Xitoydagi uyg’urlar himoyasiga namoyish bo’lib o’tdi

Posted December 29th, 2018 at 9:51 am (UTC-5)
Leave a comment

Istanbuldagi Fotih masjidi oldida o’tgan norozilik namoyishi ishtirokchilari Xitoy hukumatini Sharqiy Turkistondagi qayta tarbiyalash lagerlariga joylashtirilgan musulmonlarga zulm qilishda, ularni o’z e’tiqodidan voz kechishga majburlashda ayblashdi. Faollarning aytishicha, musulmonlarni qayta tarbiyalash maqsadida tashkil qilingan bu lagerlarda kommunizm g’oyasi, ateizm mafkurasi o’qitilmoqda; ayrim holatlarda musulmonlar to’ng’iz go’shti yeyishga majbur qolishmoqda. Namoyishchilar Xitoy hukumatidan musulmonlarga qarshi zulmni […]

Posted in Muhojirlar

Istanbuldagi o’zbeklar takkasi

Posted December 3rd, 2018 at 1:11 pm (UTC-5)
Leave a comment

Istanbuldagi o’zbek takkalari Turkiston va Turkiya o’rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalardan darak beruvchi obidalardan hisoblanadi. Bu takkalarning eng qadimgisi 1692-yilda asos solingan Buxoro o’zbeklari takkasidir. Bu takka, to’g’rirog’i takiyaxona, Istanbul markazidagi o’zbeklar so’qog’i, ya’ni o’zbeklar ko’chasida joylashgan. Ko’chaga o’zbeklar nomining berilishi ham shu takka faoliyati bilan bog’liq. Qurilish tarixi 1692-1693-yillarga taqalayotgan bu obida dastlab Haj ziyoratini ado […]

Posted in Muhojirlar

“Qrim bor-u, qrimliklar yo’q…”

Posted June 30th, 2018 at 1:17 pm (UTC-5)
Leave a comment

Rahmatli Rauf Parfining sovet davrida e’lon qilinmagan, qo’lyozma holida tarqagan she’rlaridan biri  yig’layotgan Qrim haqida edi: Ko’kka yetdi sog’inch daraxti, Yig’la Qrim, yig’la endi ko’k, Ne bo’lmoqda, odamlar ayting- Qrim bor-u, qrimliklar yo’q.   Yillar o’tib yana ramziylik kasb etayotgan bu she’r o’quvchini qatag‘onlar davrini boshdan kechirgan, bugun ham quvg’inga uchrayotgan qrim-tatarlar taqdiriga, ularning vatani Qrim […]

Posted in Muhojirlar

BLOG HAQIDA

muhojirlar shaharchasi2

Garchi blogimizni "Muhojirnoma" deb nomlagan bo'lsak-da, u alohida muhojirning kechinmalari va yoki sarguzashtlari haqida bayon qiluvchi sahifa emas. Bu ma'lum ma'noda muhojirotni o'z tanasida tatib ko'rgan insonlarning kundalik daftariday. Sahifa Amerika bilan tanishish, uning ijtimoiy-ma'naviy hayotini o'rganish, qolaversa bu mamlakatga kelish va undagi ayrim “imkoniyatlar”dan foydalanishni ko'zlayotgan minglab o'zbekistonliklar uchun ma'lumotnoma vazifasini o'tashni maqsad qilgan. Unda nafaqat Amerika, balki butun dunyodagi muhojirlar hayotiga oid ma’lumot va kechinmalarni berib borishni niyat qilganmiz.
Bizni kuzatib boring.

Kalendar

November 2024
M T W T F S S
« Jan    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930