Navro’z bayrami – Markaziy osiyo xalqlari uchun qadim udum. Bu o’lkalar o’z mustaqilligini e’lon qilganidan beri Navro’z davlat miqyosida har yili rasman nishonlanadi.
Quyida o’tgan yillardagi tantanalarda olingan ayrim suratlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
Siz yashab turgan joyda Navro’z bayrami qanday nishonlanadi? Bu haqda bizga uzbek@voanews.com orqali o’z surat va fikrlaringizni jo’natasiz deb umid qilamiz.

O’zbek raqqosalari Toshkentda o’tgan Navro’z bayramida xirom aylamoqda. 19-mart, 2013-yil (AP Photo/Anvar Ilyasov).

O’zbek raqqosalari Toshkentda o’tgan Navro’z bayramida xirom aylamoqda. 19-mart, 2013-yil (AP Photo/Anvar Ilyasov).

Tojikistonlik chavandozlar Dushanbe shahri yaqinida tashkil etilgan Ko’pkari o’yinida qatnashmoqda. Bu yerda har yili Navro’z arafasida ana shunday milliy sport o’yinlari o’tkaziladi, 22-mart, 2011-yil (AP Photo/Theodore Kaye).

Dushanbeda o’tkazilgan Navro’z bayramida qo’g’irchoqbozlar ham ishtirok etdi, 21-mart, 2011-yil (AP Photo/Theodore Kaye).

Baykonurda o’tkazilgan Navro’z bayramida yosh bola ustiga milliy mato yopilgan tuyaga minmoqda, Qozog’iston, 25-mart, 2006-yil (AP Photo/Misha Japaridze).

Toshkentda o’tgan Navro’z tantanasida raqqosa qiz o’z san’atini namoyish etmoqda, 23-mart, 2010-yil (AP Photo/Anvar Ilyasov).

Milliy raqs ansambli qizlari Navro’z bayramida jamoaviy chiqish qilmoqda, Toshkent, 23-mart, 2013-yil (AP Photo/Anvar Ilyasov).

Baykonurda o’tgan Navro’z bayramida yosh bolalar arg’imchoq uchmoqda, Qozog’iston, 25-mart, 2006-yil (AP Photo/Misha Japaridze).

Raqqosalar zar-yomg’ir ostida, Toshkent, 21-mart, 2011-yil (AP Photo/Anvar Ilyasov).

Qirg’iz qizlari qo’llarida ko’klamni ifodalovchi o’t-o’lanlar bilan Navro’zni kutib olmoqda, Qirg’iziston, 21-mart, 2006-yil (AP Photo/AKIpress, Azamat Imanaliev).

Yosh tojik qizlari qo’llarida sumalak uchun o’stirilgan bug’doy giyohlari bilan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmoni kutib olishga tayyorlanmoqda, Tojikiston, 21-mart, 2011-yil (AP Photo/Theodore Kaye).
One response to “Markaziy Osiyoda Navro’z tantanalari”
Turkiyadagi Turkistonliklar (O’zbeklar)
http://www.youtube.com/watch?v=MFRanLlGsc4