Showing Archived Posts

Qirg’izistonda kamyob lola mavsumi boshlandi

Posted May 3rd, 2014 at 5:15 am (UTC-5)
Leave a comment

Joriy bahor Qirg’izistonda seryog’in keldi. Oftob va namning mo’lligi qir-adirlarda maysalarning gurkirab o’sishiga sabab bo’ldi. Ona tabiat yo’l chetlari, tog’ yonbag’irlarida lolaqizg’aldoqdan to’qilgan alvon gilamlarini to’shadi. Bepoyon qirlar qip-qizil harir gullarga burkandi. Janubiy Qirg’izistonda lola fasli uch-to’rt yilda bir – bu yilgiday seryog’in va nisbatan salqin ko’klam paytlari – takrorlanadi. Odatdagi jazirama yillardan farqli o’laroq, […]

Posted in Qirg'iziston

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

May 2014
M T W T F S S
« Apr   Jun »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031