Qirg’iz mulozimlari aholini qish og’ir kechishi ehtimoli borasida ogohlantirar ekan, ommani qahraton oylar gamini hozirdan ko’rishga chaqirmoqda. “Joriy yil kamsuv keldi, necha yillardan beri birinchi bor dehqonlar avron usulini (dala ekinlarini navbat bilan sug’orish –muallif) qo’llashga majbur bo’layapti. Kocha-hovlilarda dov-daraxtlar quriy boshladi”, – deydi agronom Tohirjon Olimjonov Aravon tumanidan. O’sh-Qorasuv hududidagi Oqbura daryosidan shu kunlarda […]