Qirg’izistonning O’sh shahri o’rtasida qad ko’targan Sulaymon tog’i (yoki Taxti Sulaymon) bir necha yil muqaddam “UNESCO”ning muhofaza qilinuvchi obidalari ro’yxatiga kiritilgan. Azaldan qadamjo sanalib kelgan Taxti Sulaymon hozirda Milliy tarixiy-arxeologik muzey-qo’riqxona tarkibiga kiradi. Mahalliy mutaxassislarning aytishicha, tog’ va uning atrofida 60 obida mavjud bo’lib, barchasi muhofazaga olingan. Aytaylik, XVI asrda qurilgan Rovot Abdullaxon masjidi (ta’mirdan […]