Yaqin davrlargacha janubiy Qirg’izistonda to’y-tantanalar hofizlar ishtirokisiz o’tmas, qo’shiqchilarga xalq cholg’u ansambllari jo’r bo’lar edi. Dutor, rubob, tanbur, g’ijjak, nay… Hozir o’zbek to’ylarida mehmonlarni, odatda, karnay-surnay sadolari bilan kutib olishadi. Kelin-kuyovga ham karnay-surnay hamroh, sunnat to’yida ham. Ixchamlashgan bazmlarda “Tanovor”, “Munojot”, “Dilxiroj”, “Shodiyona” – barini karnay-surnay qoyillatadi. Bunday xizmat to’y egalariga nisbatan arzon tushadi, shov-shuvi […]