1-mart Tojikistonda Oliy Majlis quyi palatasi – Majlisi Namoyandagon va mahalliy majlislarga saylov qanday o’tishi haqida mamlakatda ko’pchilik bosh ham qotirib o’tirmaydi. Hukumat vakillari jahon hamjamiyatini mamlakatda saylovlar demokratik va shaffof o’tkazilishiga ishontirib keladi. Tojikistonning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Rustam Soliyev Bryusselda Yevroparlament Vitse-prezidenti Richard Charneski bilan uchrashganda saylovning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o’tishiga ishonch […]