Akademik Ahmadali Asqarov o`zbek millatining kelib chiqish tarixiga oid yangi tadqiqotida shundoq ham unutilgan, uloqtirilgan Turkiston darzlarini yana kengaytirishga harakat qiladi. Unda o`zbeklarning kelib chiqishi turkiylardan yiroqlashtirilgan bir shaklda taqdim etilgan. Hozirgacha O`zbekiston Turkistonning madaniy, ma`naviy, huquqiy vorisi ekanligi hech kimda shubha uyg`otmagan. Bunday shubha o`zbekistonlik akademik tomonidan bildirilayotganining o`zi ancha g`alati, ziddiyatli. “O`zbeklarning kelib […]