Talabalar shaharchasi O’shning (Qirg’iziston) eng so’lim va bahavo chekka mavzesida joylashgan. Bir tarafda yam-yashil qir-adirlar, dalalar, bir tarafda jo’shqin Oqbura daryosi. Sokin muhit, toza havo… Bu go’shada to’rt oliygoh hamda uch o’rta-maxsus o’quv yurti faoliyat ko’rsatmoqda. Aytishlaricha, jami o’ttiz mingga yaqin talaba, bir necha ming ustoz uchun tuzilgan shart-sharoitga mintaqaning katta-katta poytaxt shaharlari havas qilsa […]