Sho’rolar davrida Tojikistonning Isfara nohiyasi respublika shimoli-sharqida rivojlangan sanoat markazi bo’lgan. Hozirda Isfara shahrida sanoqli sanoat korxonalarigina ishlab turibdi. Nohiya 1927-yilda O ‘zbekistonning Xo’jand okrugi tarkibida tashkil etilgan bo’lib, 1929-yilgi milliy chegaralanishga ko’ra Tojikistonga berilgan. Nohiya shimolidagi Lakkon qishlog’ining Turkiston to’g tizmasi etaklari O’zbekiston chegara qo’shinlari tomonidan piyodalarga qarshi minalashtirilgan bo’lib, respublikada ilk mina qurbonlari […]