4-oktabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Rostini aytsam, so‘nggi daqiqagacha saylovlarning toza o‘tishiga shubham bor edi. Ayniqsa, ba’zi davlat ishxonalari xodimlaridan ularni SDPK uchun tashviqot o‘tkazishga majburlashayotgani haqida eshitgach, shubham go‘yoki tasdiqlangandek bo’ldi. Shunday bo‘lsa ham saylovga bordim. Kirib, kerakli joyga bosh barmog‘imni qo‘ydim. Kompyuter darhaqiqat shu joyda ro‘yxatdan o‘tganim va hali ovoz bermaganimni […]