Afg’onistonning Faryob viloyatidamiz. Iftor dasturxoni yozilgan. Mamlakatning turli burchaklaridan kelgan 250 dan oshiq talaba yonma-yon o’tiribdi. Tashabbus faryoblik Nosir Ahmad O’zbeko’g’lidan chiqqan bo’lib, tadbirga mahalliy jamoatchilik homiylik qildi. Faryob universitetidagi bu iftorga rasmiylar ham keldi. Yoshlar birdam ekan, davlat xursand, deydi arboblar. Nosir Ahmad O’zbeko’g’li fikricha, iftor bahonasi bilan yoshlar bir-birini yaxshiroq tanib, hamjihatlik kuchayadi.