Zamona zayli bilan yo’qolib borayotgan kasblar oz emas. Aytaylik, ko’nchi, xat tashuvchi, tegirmonchi, soatsoz, aravasoz… Lekin hunarlar borki, ilm-texnika taraqqiyoti davrida ham – bitmas, o’lmas, tuganmas. Otalar san’atini yangi avlod davom ettirmoqda. …O’shda (Janubiy Qirg’iziston) tandirchilar ustaxonalari shahar o’rtasida qad ko’targan Taxti Sulaymon tog’i atrofida joylashgan. Ushbu hunar tarixi uzundan-uzoq. Olimlar tomonidan bu joylarda olib […]