Tojikistondagi yagona o’zbek musiqali drama teatri 80 yoshda

Posted September 27th, 2014 at 2:19 pm (UTC-5)
Leave a comment

Shukur Burhonov nomidagi Nov o'zbek musiqali drama teatri binosi

Shukur Burhonov nomidagi Nov o’zbek musiqali drama teatri binosi

Shukur Burhonov nomidagi Tojikistondagi yagona o’zbek musiqali drama teatri tarixi qariyib yuz yilga borib taqaladi.

Bundan 95 yil muqaddam, o’tgan asrning yigirmanchi yillari o’rtasida o’sha vaqtlarda O’zbekiston hududida bo’lgan “Qizil Putilov” kolxozi raisi Qoripo’lat Rahmatboyev va san’at shaydosi Do’stmat Husainovlar maslahatlashib, havaskorlik to’garagi tashkil etishga qaror qiladilar.
O’zbek sozandasi Otabobo Boboyev va cholg’uchi, xalq hofizi  G’aniqori Husainovlar yangi ijodiy jamoa tashkili mas’ullari bo’lib,  Qo’qondan Parzixon G’oziyeva, Andijondan Shamsi Rasulov va Butaxon Shodiyevalarni, Farg’onadan Xosiyatxon Turaboyeva, Rayimjon Salimov hamda Umarjon To’raboyevlarni Nov badiiy havaskorlari jamoasiga olib keshadi.

1934-yilga kelib havaskorlar jamoasi xalq teatri bo’lib to’la shakllanadi. Ijodiy jamoaning san’atkor hofiz va cholg’uchilari soni yigirmadan ortadi.

Bundan 80 yil muqaddam teatr  jamoasining asosiy faoliyati “Halima” va   “Gulsara” spektakllarini sahnalashtirish va el orasida konsert dasturlarini o’tkazishdan iborat bo’lgan.  Markaziy Osiyoning  besh jumhuriyatidagi shahar va chekka qishloqlarga muntazam ijodiy safarlar uyushtirib turilgan.

O’tgan asrning o’rtalariga kelib Nov nohiyasidagi o’zek musiqali drama teatrida Oyxon Yoqubova, Mirzo Pardayev, Usmonjon Siddiqov, Xosiyatxon Ne’matova, Po’latjon Elmurodov,  Maqsadxon Toshxonova, Botir Alimatov singari xalq hofizlari butun Markaziy Osiyo bo’ylab dovruq qozonadi.

60-yillarda turkman dramaturgi Nazar Geldining “Maqtanchoq”, Dilbarning “Umrzoqning ishi” pyesalari sahnalashtirilgan bo’lsa, keyingi yillarda  Komil Yashinning “Nurxon”, Hamzaning “Maysaraning ishi”, Ismoil Akromovning “Adolat”, Siddiqiyning “Umid uyi” dramalari teatr sahnasiga olib chiqildi.

Jamoa ishini jonlantirish uchun Toshkentdan maxsus taklif etilgan yahudiy Yoqubjon Moshoyev  teatr va rassomchilik oliygohini tugatgan, sohaning  yetuk mutaxassisi edi.

Yoqubjon aka o’z ishining jonkuyari bo’lish bilan birga ajoyib inson edilar, deb eslaydi u haqda Tojikistonda xizmat ko’rsatgan artist Tojiniso Niyozova.

«Moshoyev har qanday byurokratchilik, sahnaga yot ko’rinishlarga qattiq qarshilik ko’rsatib, teatr faoliyatini ancha jonlantirdi. Ammo uning prinsipialligi va o’z ishiga puxtaligi o’sha vaqtdagi rahbarlarga yoqmadi. U sho’rolar davridayoq Germaniyaga ketib qoldi. Ular bosh rejissor sifatida har qanday masalaga jiddiy yondoshar, pragmatik qarashga ega mutaxassis edilar, hozirgacha ularni hurmat bilan yodga olamiz». – deydi u.

1980-1990-yillarda o’zbek teatri  davrga hamohang “Gipnoz”, “Insonlikka nomzod”,   mashhur  “Toshbolta oshiq”, “Oltin devor”, “Tohir va Zuhra”, “Temir xotin”, “Oshiq G’arib va Shohsanam” asarlarini sahnalashtirgan bo’lsa, mustaqillik yillarida “Sotqin”, “Spitamen”, “Qayig’i singanlar” kabi o’lmas spektakllarni yaratdi.

Sobiq sho’rolar davlatining inqirozi sabab teatr jamoasi ham og’ir  sharoitga bilan yuzlashadi, layoqatli sana’tkorlar ish izlab teatrni tashlab ketadi. Uzoq muhojirlik yillari boshlanadi. Faqat yangi asrning birinchi o’n yilligiga kelib, Jumaniyoz Jabborovning “O’jarlar”, Shekspirning “Richard III”, Mansur Surushning “Sendan nolimayman, asrim” spektakllari jamoaning avvalgi shuhratini tiklaydi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida Tojikistondagi yagona Nov o’zbek musiqali drama teatriga mashur aktyor Shukur Burhonov nomi beriladi. Keyinroq bu nomni o’zgartirishmoqchi bo’lganlarida teatr jamoasi bir ovozdan bunga qarchi chiqib, o’zbek sana’tkori nomini saqlab qolishadi.

Respublikadagi yagona o’zbek musiqali drama teatri san’atkorlaridan biri keyingi yillarda hukumat ichki milliy siyosatidagi  bir tomonlama qarashlar tufayli repertuarda o’zbekcha qo’shiqlar kamaytirilib, ko’proq tojik tilida chiqishlar talab etilayotganini ta’kidlasa-da, o’zbek xalqi ijodiy jamoadan o’z millatiga mansub chiqishlarni talab etadi.

“Kezi kelganda teatr afishalarini tojikchalashtirishni talab etishadi, ammo sahnada chiqishimiz aksar o’zbek tilida bo’ladi, chinovniklar bunda zug’umlarini o’tkazsalar-da, tomoshabinni o’zgartirib bo’lmaydi”, – deydi ijodiy jamoa a’zolaridan biri.

Teatr joylashgan, aksar o’zbeklar istiqomat qiladigan Spitamen nohiyasi raisi Muqtadi Majidov ijodiy jamoa uchun yubiley sharafiga mahalliy byudjet ta’minotdan ko’p o’rinli yengil mashina sovg’a etdi.

Jamoa ijodiy ishlarni davom ettirishga va’da bermoqda.

Quyida teatrning 80 yillik yubiley tantanasi aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Surat va matnlar muallifi Ravshan Shams.

Teatr hovilisiga darboz  Yunusov Abdujabbor kirib kelmoqda.

Teatr hovilisiga darboz Yunusov Abdujabbor kirib kelmoqda.

Milliy do'mbira karnay sadosiga hamohang.

Milliy do’mbira karnay sadosiga hamohang.

Teatr aktyorlari

Teatr aktyorlari
Nohiyaning eng ko'hna Qarosuv mahallasi raisi Jannat opa Toshmatova

Nohiyaning eng ko’hna Qarosuv mahallasi raisi Jannat opa Toshmatova

Yosh xonanda Qobiljon Mirashurov raqsga tushmoqda.

Yosh xonanda Qobiljon Mirashurov raqsga tushmoqda.

Xonanda Murodjon Rahmonov va dramaturg O'rinboy Usmon

Xonanda Murodjon Rahmonov va dramaturg O’rinboy Usmon

Tojkistonda xizmat ko'rsatgan xonanda Tojiniso Niyozova Sug'd televideniysiga intervyu bermoqda.

Tojkistonda xizmat ko’rsatgan xonanda Tojiniso Niyozova Sug’d televideniysiga intervyu bermoqda.

So'g'dning taniqli tojik rejissyori Salomov Islom

So’g’dning taniqli tojik rejissyori Salomov Islom

Rasmiylar

Rasmiylar

Karnay sadosi mo'ysafid qariyani teatrga yetakladi.

Karnay sadosi mo’ysafid qariyani teatrga yetakladi.

Viloyat madaniyat vaziri Nabiev Orifjon rasmiylar bilan

Viloyat madaniyat vaziri Nabiev Orifjon rasmiylar bilan

Qiziqchi  Hamroqulov G'ayrat va direktor Yahyoev A.

Qiziqchi Hamroqulov G’ayrat va direktor Yahyoev A.

Tojikistonda xizmati Shohista - Buyuk xizmatlari uchun medali sohiblari, teatr direktori Yahyoev Abduqodir, Niyozova T. komik aktyor Sanginov Jo'rabek

Tojikistonda xizmati Shohista – Buyuk xizmatlari uchun medali sohiblari, teatr direktori Yahyoev Abduqodir, Niyozova T. komik aktyor Sanginov Jo’rabek

Teatr rejissyori  Xudoydod Orifiy  mehmonlar bilan

Teatr rejissyori Xudoydod Orifiy mehmonlar bilan

Teatr direktori o'rinbosari Rahmatjon Dadaboev va ustoz karnaychi Nazar Nosrirov

Teatr direktori o’rinbosari Rahmatjon Dadaboev va ustoz karnaychi Nazar Nosrirov

Teatr xonandalari ommaviy tadbirda.

Teatr xonandalari ommaviy tadbirda.

Teatr shu kuni liq to'ldi.

Teatr shu kuni liq to’ldi.

Ikki yashar qizaloq

Ikki yashar qizaloq

Teatrning yosh artist va xonandalari umumiy chiqish uyushtirihdi

Teatrning yosh artist va xonandalari umumiy chiqish uyushtirihdi

Teatr kollektivi sovg'ani qabul qildi

Teatr kollektivi sovg’ani qabul qildi

Fuqorolar urushi davrida Oliy Majlis deputati bo'lgan obro'li rais G'olibjon Fozilov hurmatli mehmonlardan.

Fuqorolar urushi davrida Oliy Majlis deputati bo’lgan obro’li rais G’olibjon Fozilov hurmatli mehmonlardan.

Tohir va Zuhro asaridan ko'rinish.

Tohir va Zuhro asaridan ko’rinish.

Teatr balkoni bolalarga to'lgan.

Teatr balkoni bolalarga to’lgan.

 

Mehmonlar olqishi

Mehmonlar olqishi

Zal tomoshabinlarga liq to'ldi.

Zal tomoshabinlarga liq to’ldi.

Sahna asari

Sahna asari

Hoji onalar yubiley tadbiridan juda mamnunlar.

Hoji onalar yubiley tadbiridan juda mamnunlar.

Shekspirning Richard-III asari sahnada

Shekspirning Richard-III asari sahnada

Ko'zboylog'ichlar sahnada

Ko’zboylog’ichlar sahnada

Shoshma quyosh spektaklidan ko'rinish

Shoshma quyosh spektaklidan ko’rinish

Dramaturg  O'rinboy Usmon va doirachi  Shuhrat Qosimov sahnada

Dramaturg O’rinboy Usmon va doirachi Shuhrat Qosimov sahnada

O'zbek yozuvchi va dramaturgi teatr jamoasi  bilan

O’zbek yozuvchi va dramaturgi teatr jamoasi bilan

Teatr aktyor va xonandalari Mavlonova Zulfiya, Tojinisi Niyozova va Muanavvara Qosimoxonova

Teatr aktyor va xonandalari Mavlonova Zulfiya, Tojinisi Niyozova va Muanavvara Qosimoxonova

Aktrisa Muhayyo Otayeva

Aktrisa Muhayyo Otayeva

Tojikistonda xizmat ko'rsatgan artist, o'zbek xonandasi Qodir Mirashurov oilasi bilan

Tojikistonda xizmat ko’rsatgan artist, o’zbek xonandasi Qodir Mirashurov oilasi bilan

San'atkorlar

San’atkorlar

Teatr kostyumeri  Shomatova Matluba

Teatr kostyumeri Shomatova Matluba

Shoshmaqom ansamblidan Nasiba Uzoqova va Solijon Do'stmatov

Shoshmaqom ansamblidan Nasiba Uzoqova va Solijon Do’stmatov

Sozandalar Botir Avezov, Tavakkal Vaydulloyev va Muhammadjon A'zamov

Sozandalar Botir Avezov, Tavakkal Vaydulloyev va Muhammadjon A’zamov

Yubiley so'ngida fotograf Renat barcha san'atkorlarni suratga muhrlamoqda.

Yubiley so’ngida fotograf Renat barcha san’atkorlarni suratga muhrlamoqda.

Teatr jamoasi yubiley tadbiridan so'ng xotira uchun rasmga tushmoqda.

Teatr jamoasi yubiley tadbiridan so’ng xotira uchun rasmga tushmoqda.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

September 2014
M T W T F S S
« Aug   Oct »
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930