Afg’onistonda Turkiya bilan hamkorlikda ish yurituvchi maktab Ramazon ehsoni sifatida Shibirg’on shahrida 550 oilaga ko’mak yetkazdi.
Har bir oilaga 10 kg un, 10 kg guruch, 3 litr yog’, 3 kg shakar, yarim kg choy tarqatilgan. Ularning qiymati 30 dollarni tashkil etadi.
Shibirg’on Afg’on-Turk maktabi muovini Sayid Horunning aytishicha, yordamga muhtoj kishilar ro’yxati o’quvchilar, bitiruvchilar, o’quvchilar oilalari va maktabning ustozlari tomonidan tuzilgan, kambag’al odamlar shaharning har go’shasidan bor.
Unga ko’ra, yordamlardan ko’zlangan maqsad tujjorlar va badavlat odamlarni xayrli ishlarga jalb qilishdan iboratdir.
“Biz har kuni 100 oilaga pishirilgan oziq-ovqat ham yetkazib berayapmiz. Har kuni 1500 odam taom bilan ta’minlanyapti”,- deydi Shibirg’on Afg’on-Turk maktabi rasmiysi.
Odamlar yordamdan mamnun. Tadbirkorlar, qurbi yetadigan odamlar kambag’allarni qo’llab-quvvatlasin, deydi ular.
Afg’on-Turk maktablari joriy yilda 6000 odamga oziq-ovqat ulashgan.
Quyida ushbu yordam aksiyasi davomida olingan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Matn va suratlar muallifi Abdulbasir Ilg’or
One response to “Afg’on-Turk maktabi muhtojlarga yordam ulashdi”
Maktab zamonaviy ekan, dars jarayoni, o’quvchilarning mashg’uloti vaqti suratlarini ko’rsak…
Shunchali yamon yopinib yuradimi atda xotin-qiz o’zbeklarimiz? Chatoq’ku a?!