Qirg’izistonda gul fasli: iliq kuz gulzorlar umriga umr qo’shdi

Posted October 3rd, 2017 at 2:20 pm (UTC-5)
Leave a comment

 

Deydilarki, azaldan namozshomgul O’rta  Osiyo ayollarining sevimli guli bo’lgan. Opa-singillarimiz, onalarimiz shu gul bilan sirlashgan, dardlashgan, ezgu tuyg’ularini unga bayon etgan, nafis go’zallikdan xufyona zavqlangan bo’lsa, ajab emas.

Namoz – shom – gul. Mehnat – zahmat – rohat. Poklik, iffat…

Avvallari Janubiy Qirg’izistonda namozshomgulning binafsha rangli navi keng tarqalgandi. Keyingi yillarda gulchilar ushbu rohatijon gulning rang-barang turlarini chiqardi. Qorday oppoq, moviy, quyoshrang, jagarrang… Bir tupning o’zida ikki-uch rang jilolangan turi ham bor.

Gullar malikasi atirgulning ham turi ko’p. U bahordan kech kuzgacha, birinchi qorgacha ajib ifor sochadi.

Hozir shahar-qishloqlarda nafaqat  mahalliy gullar, balki xorijdan, asosan, Yevropadan keltirilgan navlar ham ko’paytirilmoqda.

Gulchilik serdaromad sohaga aylanib bormoqda. Shaharliklar mo’jazgina hovlisida gul yetishtirib, qishin-yozin rastalarga chiqarishadi. Qishloqlik fermerlar orasida ham ushbu mashg’ulotga havas uygonmoqda ekan.

Shu kunlarda O’shning gulbozorlariga eng chiroyli guldasta uchun 300- 350 so’m (taxminan, 5 AQSH dollariga teng) so’rashadi.

Aslida ona tabiat yaratgan asl go’zallikning bahosi yo’q, shunday emasmi?

                                                Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

October 2017
M T W T F S S
« Sep   Nov »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031