Issiqko’l durdonalari: toshda qotgan san’at

Posted January 12th, 2018 at 10:31 am (UTC-5)
Leave a comment

Qirg’izistonda, Tyan-Shan tog’ tizmalari ichida joylashgan Issiqko’lni Markaziy Osiyo gavhari deb atashadi. O’tgan yil biz ushbu go’shada bo’lib, nodir suv havzasi hamda atrofdagi osmono’par tog’lar hayoti haqida hikoya qilgan edik.

Galdagi fotolavha Shimoliy Issiqko’ldagi xarsang toshlarga o’yib solingan tasvirlar (petrogliflar) to’plamiga bag’ishlandi.

Ajdodlarning ushbu noyob tuhfasi hozirda Issiqko’l Davlat tarix-madaniyat muzey-qo’riqhonasi tarkibida  bo’lib, maydoni qirq gektardan oshadi. Qadim odamlar xarsang toshlarda aks ettirgan tasvirlar moviy ko’ldan bir necha chaqirim narida, tog’ yonbag’rida yastanib yotibdi.

Qattiq tog’ jinslari hamda nisbatan yumshoq qumtoshlarda o’yib chizilgan yuzlab-minglab tasvirlar: odamlar, turli jonivorlar, marosimlar, ov, safar ko’rinishlari…

Mutaxassislarga ko’ra, bu chizgilarni qadim odamlar metall yoki o’tkir toshdan yasalgan bolg’alar yordamida yaratgan. Ushbu tosh asarlarning hajmi 30 santimetrdan to uch metrgacha.

Tarixchi olimlarning aytishicha, mazkur maskan ochiq osmon ostidagi ulkan ibodatxona bo’lgan. U paytlar bu joylarda yashagan aholi osmon jismlariga sig’ingan va xarsang toshlardagi tasvirlar diniy marosimlarda muhim rol o’ynagan.

Tadqiqotchilarning aytishicha, Issiqko’l muzey-qo’riqxonasidagi tog’ echkilarining, qoplonlar va bug’ularning tasviri ko’p jihatlari bilan (o’lchami, ifoda san’ati va boshqa sifatlari) tengi yo’q.

Quloch yetmaydigan xarsang toshlarga ko’plab tuya karvonlarining “surat”lari, yo’ldagi chavandozlar aks etgan. Muzey xodimlari fikricha, ushbu tasvirlar Buyuk Ipak yo’lining bir butog’i aynan Issiqko’l yoqalab qo’shni Xitoyga yo’nalganini tasdiqlaydi.

Ko’hna tosh yozuvlar hozirda davlat himoyasida. Besh yil muqaddam tasvirlar Germaniya tarafi ko’magida restavratsiya qilingan.

Ochiq osmon ostidagi azim yodgorliklar maskanidan qishin-yozin sayohatchi va ziyoratchilarning qadami uzilmaydi.

Suratlar va matn muallifi Muhiddin Zarif

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

January 2018
M T W T F S S
« Nov   Mar »
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031