Akademik Ahmadali Asqarov o`zbek millatining kelib chiqish tarixiga oid yangi tadqiqotida shundoq ham unutilgan, uloqtirilgan Turkiston darzlarini yana kengaytirishga harakat qiladi. Unda o`zbeklarning kelib chiqishi turkiylardan yiroqlashtirilgan bir shaklda taqdim etilgan.
Hozirgacha O`zbekiston Turkistonning madaniy, ma`naviy, huquqiy vorisi ekanligi hech kimda shubha uyg`otmagan.
Bunday shubha o`zbekistonlik akademik tomonidan bildirilayotganining o`zi ancha g`alati, ziddiyatli.
“O`zbeklarning kelib chiqish tarixi” deb nomlangan bu kitob ancha salobatli. Tadqiqotda O`zbekiston xalqi emas, aynan o`zbeklarning kelib chiqishi o`rganilgan.
Bu ilmiy ish buyurtma qilinganmi, muallifning shaxsiy izlanishlarimi, aniq bir narsa deyish qiyin. Mohiyat o`zbeklarning kelib chiqishi turklarga bo`gliq emasligi haqidagi taxmin.
Agar o`zbeklar turk bo`lmasa, turklar kim? Bu mantiqdan kelib chiqsak, O`zbekiston hududidan hozirgi Turkiyaga ko`chib ketgan tukrlar ham turk emas, unda kimlar turk?
Albatta, akademik ilmiy taxmin surmoqda, ammo taniqli tarixchilarning muallifga e`tirozlari ancha jiddiy.
Professor Goga Hidoyatov muallifni ongli ravishda qo`pol xatoga qo`l urganlikda, Turkiston tarixini buzib ko`rsatishda ayblaydi.
Bugun shundoq ham Turkiston birligi haqida gapirish har qachongidan ko`ra nursizlashib qolgan. Ayniqsa, Turkiston hududlari yana Rusiya ixtiyoriga qaytayotgan bir sharoitda.
Sobiq ittifoqda mustaqillik yurishi boshlanar ekan, tarix g`ildiragi qachon, qanday vaziyatda mintaqa ziyolilari asr davomida kutgan Turkiston birligi manfaatiga teskari yo`ldan ketdi, izohlash qiyin.
Turkiston g’oyasi uloqtirilib, mustaqillik shiori ostida o`tgan 25 yil esa mintadada chuqur yaralar qoldirdi, bu jarohatlar hamon bitishga ulgurmadi, bunga harakat ham qilinayotgani yo`q.
Uch asr naridagi tarix qisqa bir o`n yillikda qayta takrorlanayotgandek – avval qozoqlar, qirg`izlar, keyin tojiklar, turkmanlar, so`ngida o`zbeklar ham Rusiya himoyasisiz yashay olmasliklarini izhor etishlari mumkindek…
Agar bugun Afg`onistondagi vaziyat bo`lmaganda edi, bunday himoyaga ehtiyoj o`zaro ziddiyatlardan, o`zbeklarni tojiklarga, qirg`izlarga yoki aksincha kuzatilgan zulmlardan topilardi, har holda tariximiz shubhalarga o`rin qoldirmaydi.
Rusiyaning yangi tarixi sahifalariga bu hodisa imperiyadan uzoqlashgan Turkiston xalqlarining uchinchi ixtiyoriy vassalligi, deb kiritilishi ehtimoli katta.
Amalga oshishga shaylanayotgan bu tarix qarshisida Karimov rahbarligida o`zbek diplomatiyasi erishayotgan “mislsiz muvaffaqiyatlar” ham, Nazarboyev erishgan iqtisodiy farovonlik ham, geosiyosiy maydondagi tirmanishlar ham o`ta g`arib, qashshoq ko`rinadi.
Turkiston, ijtimoiy voqelikka aylanmas ekan, uyg`onmaydi, deb takrorlardi marhum shoir Rauf Parfi. Turkistonning uyg`onishi esa aynan O`zbekistondan boshlanadi, deb aytardi u.
Albatta, Ahmadali Asqarovning tadqiqoqti bu ilmiy faraz va bu taxmin Turkiston g`oyasi uchun qatl qilingan o`zbek ziyolilari xotirasi qarshisida ham biror bir ahamiyatga ega emas.
Malik Mansur
2 responses to “O`zbeklar turk bo`lmasa, turklar kim?”
??
Turon tekisligida Davlatlar birlashuviga erishish juda qiyin, chunki biz oldin ham birlashmaganmiz yani Rossiya imperyasi kelgunga qadar. Qozoqistin, Qirğiziston, Tojikisron va Turkmaniston u yerda tursin Xiva xonligi, Buxoro amirligi, Qõqon xonligi va qolganlar birlashmagan tili va dini birligiga qaramasdan bizni aybimiz amaldorlar hech kimni mensimasligida va bu hatoni hozirgacha davom etishi man manlik vaholanki omadsiz o’tmishda qolib ketishib kerak edi.