Qirg’izistonning O’sh shahri o’rtasida qad ko’targan Sulaymon tog’i (yoki Taxti Sulaymon) bir necha yil muqaddam “UNESCO”ning muhofaza qilinuvchi obidalari ro’yxatiga kiritilgan.
Azaldan qadamjo sanalib kelgan Taxti Sulaymon hozirda Milliy tarixiy-arxeologik muzey-qo’riqxona tarkibiga kiradi. Mahalliy mutaxassislarning aytishicha, tog’ va uning atrofida 60 obida mavjud bo’lib, barchasi muhofazaga olingan. Aytaylik, XVI asrda qurilgan Rovot Abdullaxon masjidi (ta’mirdan so’ng) hozirgacha faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’rta asrlarda barpo etilgan Boburshoh hujrasi o’tgan asr oxirida qayta tiklangan. Asaf ibn Burhiya maqbarasi (ХVII-ХVIII asr) o’sha davr me’morchiligi namunalaridan hisoblanadi.
Asrimiz boshida mahalliy arxeologlar tog’ yonbag’riga XII asrga oid hammom qoldiqlarini topiishdi. Qazilma joyi ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirilgan.
Sulaymon tog’ida yuzlab nodir petrogliflar – toshga bitilgan qadim tasvirlar – saqlanib qolgan.
Bunday yozuvlar va tasvirlar Novqatning Sahoba (bitiklar), Aravonning Duldul ota (mashhur Farg’ona arg’umoqlari tasvirlari) ziyoratgohlarida ham mavjud.
Sayohatlar xaritalarida Qoraxoniylar davri obidalari (O’zgan shahri, XI-XII asr minora va maqbaralari), Olabuqa tumanidagi Shoh Fozil maqbarasi, qator ibodatxonalar, jumladan, O’shdagi pravoslav cherkovini (1904-1910-yillarga qurilgan) ham ko’rish mumkin.
Mutaxassislarga ko’ra, Qirg’iziston mustaqilligining dastlabki o’n yilida tarixiy, madaniy obidalarga davlat va jamiyat e’tibori keskin kuchaygan bo’lib, endilikda ma’lum susayish sezilmoqda. Obidalarni saqlash, ta’mirlash, tegishli ma’rifiy va boshqa tadbirlar uchun yetarli mablag’ ajratilmayotgani aytiladi.
Quyida ushbu yodgorliklar aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Matn va suratlar muallifi Muhiddin Zarif
![DSC01154](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC01154.jpg)
Bobur maqbarasi, O’rta asrlar yodgorligi, qayta tiklangan, O’sh, Sulaymon to’gi.
![DSC01196](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC01196.jpg)
O’sh, 3 qavatli o’tov, kigizdan ishlangan milliy me’morchilik namunasi. Asrimiz boshida qurilgan.
![DSC01198](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC01198.jpg)
Asaf ibn Burhiya maqbarasi, O’sh (XVII-XVIII asrlar).
![DSC01203](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC01203.jpg)
Sulaymon tog’i qoyalaridagi petrogliflar
![DSC01468](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC01468.jpg)
O’sh, Qirg’iziston davlatchiligi yodgorliklaridan biri
![DSC01637](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC01637.jpg)
O’sh, Sulaymon tog’i yonbag’rida o’tgan yili yana bir yirik jome masjidi qurildi.
![DSC01659](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC01659.jpg)
Rovot Abdullaxon masjidi, XVI asr yodgorligi, hozirgacha faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
![DSC02178](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC02178.jpg)
Novqat, Sahoba ziyoratgohi, qadim mozor
![DSC02328](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC02328.jpg)
O’sh, Arxangel Mixail pravoslav ibodatxonasi, 1904-1910-yillar barpo etilgan.
![DSC02331](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC02331.jpg)
Aravon, Duldul ota (Duldul ot) ziyoratgohi
![DSC02335](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC02335.jpg)
Aravon, Duldul ota (Duldul ot) ziyoratgohi
![DSC02421](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC02421.jpg)
Abdullaxon masjidi davlat muhofazasiga olingan.
![DSC02422](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC02422.jpg)
O’sh, Rovot Abdullaxon masjidi, XVI asrda qurilgan.
![DSC02424](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC02424.jpg)
XI-XII asrlarda qurilgan hammom qoldiqlari, O’sh
![DSC02433](http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/files/2014/11/DSC02433.jpg)
Qirg’iziston shahar-qishloqlarida sovet davlati asoschisi Vladimir Lenin haykallari hanuz saqlanib qolgan.