Afg’onistonda Turkiya bilan hamkorlikda ish yurituvchi maktab Ramazon ehsoni sifatida Shibirg’on shahrida 550 oilaga ko’mak yetkazdi. Har bir oilaga 10 kg un, 10 kg guruch, 3 litr yog’, 3 kg shakar, yarim kg choy tarqatilgan. Ularning qiymati 30 dollarni tashkil etadi. Shibirg’on Afg’on-Turk maktabi muovini Sayid Horunning aytishicha, yordamga muhtoj kishilar ro’yxati o’quvchilar, bitiruvchilar, o’quvchilar oilalari va maktabning ustozlari tomonidan […]
Faryobda iftor, o’zbeklar davrasida
Afg’onistonning Faryob viloyatidamiz. Iftor dasturxoni yozilgan. Mamlakatning turli burchaklaridan kelgan 250 dan oshiq talaba yonma-yon o’tiribdi. Tashabbus faryoblik Nosir Ahmad O’zbeko’g’lidan chiqqan bo’lib, tadbirga mahalliy jamoatchilik homiylik qildi. Faryob universitetidagi bu iftorga rasmiylar ham keldi. Yoshlar birdam ekan, davlat xursand, deydi arboblar. Nosir Ahmad O’zbeko’g’li fikricha, iftor bahonasi bilan yoshlar bir-birini yaxshiroq tanib, hamjihatlik kuchayadi.