Qatag’onlarning 70 yilligini Qrim yarimoroli Rossiyaga qo’shib olingan bir vaziyatda o’tkazayotgan tatarlar birinchi bor ommaviy miting o’tkazish huquqidan mahrum qilindi. Mahalliy hukumat bu qarorini Ukrainadagi beqaror vaziyat bilan izohlaydi.

Kiyev markaziy xiyobonida qilgan nutqida Mustafo Jemilov xotira kuni Rossiya harbiylari nazoratida o’tayotgani, ammo qatag’onlarni boshdan kechirgan xalqni qo’rqitib bo’lmasligi haqida gapirdi.

18-may kuni Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi oldida norozilik aksiyasi bo’lib o’tdi. Ukrain va tatarlardan iborat yuzdan oshiq kishi Rossiyadan tazyiqlarni to’xtatishni, qrim-tatarlar huquqi ta’minlanishini, shuningdek, Mustafo Jemilovni o’z vataniga kiritilishini talab
qilishgan.

Quyida Kiyevda bo’lib o’tgan tadbirlar davomida olingan suratlar e’tiboringizga havola etiladi.

Matn va suratlar muallifi Malik Mansur.

_DSC0129 _DSC0146_DSC0149DSC_0043 (2)DSC_0046 (2)DSC_0057 (2)DSC_0109_1DSC_0119