Shonazar Ibrohimov iste’fodagi mustaqil jurnalist. “Xalq So’zi” va “O’zbekiston ovozi” kabi gazetalarida ishlagan. Oliy Majlisda “Inson va Qonun” gazetasining maxsus muxbiri va mustaqil “Hurriyat” gazetalarida faoliyat ko’rsatgan. 1972-yili Sovet Telegraflik Agentligida muxbir sifatida faoliyat boshlagan.
Ibrohimovning demokrat Hillari Klintonga shu kunlarda yo’llagan elektron maktubida jumladan shunday satrlar bor:
“Men uchun, Janobi Oliyalari, Siz kuchli va aqlli ayolning haqiqiy ramzisiz. Siz har doim hammamiz uchun zo’r o’rnak bo’lib kelgansiz. Sizning buyuk donoligingiz, cheksiz jasoratingiz va Xudo tomonidan ato etilgan betakror jozibangiz meni har doim hayratda qoldirgan.
Men doimo Sizning chehrangizda osmondan tushayotgan ziyoni ko’raman. Go’yoki bu ziyo Sizni hamma yerda himoya qilayotgandek. Men ongli hayotim davomida Sizni bilar ekanman, har doim Siz bilan teng ravishda baxtliman va Sizni qo’llab-quvvatlayman. Mening ichki sezgim Sizning noyob ong egasi ekanligingizga ishonishimga undaydi.
Janobi Oliyalari, Siz senator va kuchli siyosatchi sifatida faoliyat yuritib keldingiz. Siz turmush o’rtog’ingiz, Janobi Oliylari Bill Klintonnig Amerika Qo’shma Shtatlarining 42-prezidenti bo’lishida katta xissangiz bor. Shubhasiz, turmushda turli voqealar sodir bo’ladi, lekin Siz o’z juftingizning faoliyatida katta ro’l o’ynadingiz va Amerika Qo’shma Shtatlarining birinchi xonimiga aylandingiz. Butun DUNYO buni olqishlaydi!
Mening yurtim O’zbekistonda bir maqol bor: “Erni er qiluvchi ham va qaro yer qiluvchi ham uning ayolidir”. Janobi Oliyalari, Sizning vs turmush o’rtog’ingiz Bill Klintonning donoligingiz va mexribonligingiz sabab, betakror chehralaringiz tabassum bilan chaqnaydi va bu tabassum atrofdagi hammani o’ziga rom etadi.
2008-yilda Siz prezidentlik saylovlarida nomzod edingiz. Rostini aytsam, men sizni chin ma’noda qalbdan qo’llab-quvvatlagan edim va qanchalik sizni ozodlik, axillik, tenglik va muhabbat yurti bo’lmish Amerika Qo’shma Shtatlarining Prezidenti sifatida ko’rishni istaganimni bilsangiz edi.
Janobi Oliyalari, Siz Davlat kotibi lavozimida ish olib bordingiz. Ayol bo’la turib, o’z yelkangizda shunchalar og’ir mas’uliyatni ko’tarib yurdingiz. Albatta, bu hammasi insoniyatning foydasi uchun. Tilagim yer yuzida tinchlik bo’lsin! Siz tinim bilmay, dunyo bo’ylab millionlab kilometr masofani bosib o’tgansiz. Sizning aql-zakovatingizni inkor etishning ilojisi yo’q. Sizni Xudo yorlaqasin!
Sovet Ittifoqi davrida bizning faoliyatizmizda katta chekrlamlar mavjud edi: 1) Bizga chet ellik mehmonlar bilan tanishish yoki ular bilan ma’lumot almashish umuman mumkin emas edi. 2) Biz kuchli nazorat va hattoki kuzatuv ostida edik.
**********
Rostini aytsam, uzoq davr mobaynida AQSh va O’zbekistonning ko’p yillik do’stona aloqalariga oid bo’lgan materiallar va maqolalar mening arxivimda saqlanib qolgan. Agar men vafot etsam, QO’RQAMANKI bu materiallar IZSIZ yo’q bo’lib ketishi mumkin.
**********
Imonim komilki, biz AQSh prezidentlik saylovlarini puxta o’rganishimiz kerak. U yerda, davlat hukm chiqarmaydi, fuqarolar hal qiladi! Misol uchun, 2008-yilgi Amerika prezidentligi uchun bo’lib o’tgan saylovlarni esga olish kifoya. Janobi Oliylari Barak Obama va Siz Janobi Oliyalari Xonim Klinton o’rtasidagi raqobat juda murosasiz ko’rinish olgandi. O’sha yilgi mag’lubiyatingizdan keyin, men qalbimda chuqur istirob va og’riq hisdini tuyganman. Ammo baribir, qalbimning tubida mening ichki “intuitsiyam” bilan sizni kelajakda albatta AQSh prezidenti bo’ladi degan ilohiy-g’oyibiy ishonch hukmron edi.
*********
Sir emaski, hozirgi kunda bizning ko’plab yurtdoshlarimiz Amerika Qo’shma Shtatlarida istiqomat qilishadi va faoliyat olib borishadi. Tashrifim mobaynida men ularning kundalik hayoti va yutuqlari bilan yaqindan tanishib, bu haqda o’z yurtdoshlarimni va kelajak yosh avlodlarni xabardor qilgan bo’lar edim. 1991-yildan 2016-yilgacha davlatlarimiz o’rtasidagi diplomatik aloqalarga 25 yil bo’lyapti va mening maqsadim fuqarolarimiz va kelajak avlodrarimizga AQShning bizga ko’rsatgan beminnat yordami haqida so’zlab berish. Janobi Oliyalari, sizning qo’llab-quvvatlashingizga tayanib men avlodlar uchun aloqalarimiz haqida “Yaxshi nom” qoldirishni istayman.” #