Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari kabi Qirg’izistonda ham Navro’z bayrami arafasida sumalak pishirish an’anasi bor. Har yilgidek, bu yil ham ko’plab xonadonlarda sumalak pishirildi. Ayollar, qarindosh-urug’lar jam bo’lib, bahorning to’yimli va mazali taomini birgalikda tayyorlashdi.
Jamoatchi muxbirimiz Muhiddin Zarif ana shunday tadbir jarayonini suratga tushirdi. Quyida ularni tomosha qiling.