Xo’jand: O’zbek, qirg’iz va tojik ijodkorlari bir davrada

Posted November 27th, 2014 at 5:07 pm (UTC-5)
Leave a comment

Qirg’izistonda ijod qiladigan o’zbek shoiri Nabijon Mamajonov (chapdan) Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirladi. Suratda u qirg’izistonlik ziyoli bilan.

Agar jips bo’lsak, do’stligimizga hech narsa raxna solmaydi. Tojikistonda o’zbek, qirg’iz va tojik ziyolilarining adabiy gurunglari muntazam ravishda o’tib turadigan tadbirlar.

Tojikistonning Qirg’iziston bilan chegaradosh hududlarida shu yil bir necha to’qnashuvlar kuzatilgani aholini xavotirga solib qo’ydi.

Respublikada tashkil etilgan o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi mahalliy yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, sportchilar va talabalar ishitirokida ijodiy kechalar, ko’rgazma va musobaqalar tashkil etib turadi. Toki ikki xalq o’rtasida sovuqlik yuzaga kelmasin, asrlar osha mustahkam hamjihatlik buzilmasin.

Sug’d o’zbeklari markazi qo’shni Qirg’izistonda ijod qiladigan o’zbek shoiri Nabijon Mamajonovni Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirladi.

Shu munosabat bilan Xo’jand shahrida tojik, qirg’iz va o’zbek ziyolilari bir davraga yig’ildi.

“Biz millatlar o’rtasida har qanday ixtiloflar paydo bo’lishining oldini olishimiz zarur. Mintaqamiz ana shunday potensial xafv ro’parasida turganligi hech kimga sir emas.Uch davlat chegarasi kesishgan Farg’ona vodiysida yashaymiz. Bu nuqta muammolar eng ko’p yig’ilgan hudud hisoblanadi. Shu yil tojigu-qirg’iz chegaralarida bo’lib o’tgan voqealar eng kichik bir ixtilof katta mojoralarga o’sib etishi muknligini tasdiqlab turibdi. Chegaradosh nohiyalar ijodkor va hunarmandlarini birlashtiirish, yagona ijodiy muhit va bozorni saqlash birligimiz negizi hisoblanadi. Shuning uchun ham mavjud sharoitda biz mintaqadagi birlashtiruvchilik tadbirlarini tashkil etishimiz juda muhim”, – deydi o’zbeklar markazi raisi Ilhom Yusupov.

Taqdimot marosimi mumtoz shoir Kamol Xojandiy nomidagi xizmat ko’rsatish markazida o’tdi. Sirdaryo, Toshkent, Botkent, O’sh va Sug’d viloyatlaridan mehmonlar keldi.

“Sho’rolar davridan oldin ham, keyin ham o’rtada chegaralar bo’lmagan yoki ramziy sanalgan zamonlarda ijod ahlining xonashin g’azalxon kechalari, choyxona gurunglari Qo’qon, Marg’ilon, O’sh, Toshkent, Xorazm, Samarqandu-Buxoroda tez-tez o’tkazilib turgan. Mustaqillikdan so’ng bunday tadbirlar deyarli yo’qolib ketdi, elga biror bir nafi bo’lmagan rasmiy uchrashuvlar, vistavkalar kimga kerak? Xalq hozir birlashtiruvchi kuchga muhtoj. Ijod ahli esa aynan ana shu kuch hisoblanadi. Xo’jandda o’zbeklar markazi bu ana’nani davom ettirarkan, xalq orasidagi tarqoqlikni, sun’iy chegaralarni bartaraf etishga, yagonalikni saqlashga intiladi”,- deydi Sug’dlik shoir Jamshed.

Sirdaryo bo’yida joylashgan Xo’jandda o’tkazilayotgan tadbirlar va adiblarga berilayotgan mukofotlar, o’zbekistonlik ijodkorlarning ta’kidlashlaricha, qo’shnilarni bir-biriga yaqinlashtiradi va do’stlikni mustahkamlaydi.

“Rasmiylarning be’mani harakatlari bilan ijod ahli o’rtasida uzilish bo’lmoqda, bir-birimizdan bexabar qolmoqdamiz. Kezi kelsa hatto chegaradan o’tib,  birodarlarimiz bilan tushgan rasmlarimiz o’zimizni ayblashlariga asos bo’lib qolmoqda. Bizni ayirmoqdalar, ahvol jiddiy ekanligini tepadagilar nahot tushunmasalar? Xojandliklarning bu tashabbusi bizni juda quvontirdi, lekin afsuski, sizlar bilan umumiy rasmga tusholmaymiz, bizni to’g’ri tushuning, – deydi kuyinib gapiradi o’zbekistonlik bir ijodkor. Ism-sharifi sir tutilishini so’raydi.

Qirg’izistonlik mehmonlar fikricha, mintaqada tarqoqlik va siyosiy ixtiloflardan foydalanuvchu kuchlar yoq emas. Aslida xalqlar o’rtasida na yer, na suv va na bozor muammolari bor, deydi ular.

Qirg’izistonning Botkent viloyati Laylak nohiyasidagi “Ota jurt” gazetasi Bosh muharriri Abdulaat Doovurov hamyurt o’zbek shoirini Tojikistondagi adabiy mukofot laureati bo’lganligi bilan qutlar ekan, shunday deydi:

“Sirdaryo  va Amudaryo suvi va sohillari qadim Turkiston yerlarinigina emas, dillarimizni sug’oradi, yuragimizdan oqib o’tadi. Xudoning o’zi bizni mushtarak yaratgan, hech qanday kuch bizning birligimizga raxna sololmaydi”.

Chegaradosh uch respublika ijodkorlarining Xojanddagi norasmiy tantana marosimi, choyxona gurungi va askiyabozligida ishtirok etgan mahalliy rasmiylardan biri deydiki, bugungi kunda nodavlat tashkilotlar muhim tadbirlarni amalga oshirib, hukumat qilolmagan ishlarni uddalamoqda.

Konibodomda AQSh va BMT moliyaviy ko’magida mahalliy aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash harakati ketmoqda, deydi u. Bu borada jamoat tashkilotlarining xizmati katta ekani qayd etiladi.

Jamoatchilik nazarida, Tojikiston, Qirg’iziston va O’zbekiston orasidagi tumanlarda hamjihatlikni targ’ib qiluvchi tashabbuslarni ko’paytirish kerak. Hukumatlar ularni quvvatlashi va imkoniyat yaratib berishi zarur.

Davra suhbatlar, mushoira, askiya, ziyofat va sayr – suratlarda tomosha qiling!

13. Laureatgai hamyurtlari Pegas oti byusti- ilhom ramzini topshirishdi

Laureatga hamyurtlari Pegas oti byusti- ilhom ramzini topshirishdi

11. Tadbirning bosh sababchisi,Qirg'izistonning Batkent viloyatidan o'zbek shoiri  Nabijon Mamajonovga Maftun Jo'ra nomidagi adabiy mukofot diplomi topshirilmoqda.

Tadbirning bosh sababchisi,Qirg’izistonning Botkent viloyatidan o’zbek shoiri (boshida do”pi) Nabijon Mamajonovga Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot diplomi topshirilmoqda

30. Xayrlashuv oldidan o'zbek markazida so'nggi suhbat.

Xayrlashuv oldidan o’zbek markazida so’nggi suhbat

Ijodkorlar davrasida vodiy askiyasi ham bo'ldi.

Ijodkorlar davrasida vodiy askiyasi

20. Qirg'izistondagi Aliqul Usmonov nomidagi adabiy mukofot laureati Ataqul Jaqipov o'z ijodidan o'qimoqda

Qirg’izistondagi Aliqul Usmonov nomidagi adabiy mukofot laureati Ataqul Jaqipov o’z ijodidan o’qimoqda

19. Oshdan so'ng anor suvini simirib yangi she'rlarni o'qish ijodkorlar uhun bir surur.

Oshdan so’ng anor suvini simirib yangi she’rlarni o’qish ijodkorlar uchun bir surur

16. Shunday bir bo'laylikki, hamma havas etsin

Shunday bir bo’laylikki, hamma havas etsin

15. O'rtamizga hech qanday kuch raxna sololmaydi deydi Laylak  nohiya gazetasi Bosh muharriri Abdulaat Doovurov

O’rtamizga hech qanday kuch raxna sololmaydi, deydi Laylak nohiya gazetasi Bosh muharriri Abdulaat Doovurov

12. Qirg'iz ijodkori  Murzaali Jo'raev milliy cholg'u asbobi - qo'biz  chalmoqda

Qirg’iz ijodkori Murzaali Jo’rayev milliy cholg’u asbobi – qo’biz chalmoqda

10. Qadim davrlaridek, o'zbek, qirg'iz, tojik ijodkorlari choyxonada abadiy do'stlik, birodarlik haqiga duo qilishdi.

O’zbek, qirg’iz, tojik ijodkorlari choyxonada abadiy do’stlik, birodarlik haqiga duo qilishdi

14. Tojik, o'zbek va qirg'iz ijodkorlari

Tojik, o’zbek va qirg’iz ijodkorlari

12. Qirg'iz ijodkori  Murzaali Jo'raev milliy cholg'u asbobi - qo'biz  chalmoqda

Qirg’iz ijodkori Murzaali Jo’raev milliy cholg’u asbobi – qo’biz chalmoqda

9. Do'stlik choyxonasida shoir Jamshed mehmonlarga qo'lbola palov tayorlamoqda.

Do’stlik choyxonasida shoir Jamshed mehmonlarga qo’lbola palov damladi

5. Bir piyola choy ustidagi dastlabki suhbat.

Bir piyola choy ustida suhbat

4. O'zbeklar markazida mehmonlar avvalo duyoi-fotihaga qo'l ochdilar.

O’zbeklar markazida mehmonlar duyoi-fotihaga qo’l ochdilar

3. Qirg'iz mehmonlar So'gd viloyat o'zbeklar ma'naviyat va ma'rifat markazi idorasiga kirib kelishmoqda.

Qirg’iz mehmonlar So’gd viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi idorasiga kirib kelishmoqda

2. Qi'rg'iziston shoir va yozuvchilari Khujandda.

Qi’rg’iziston shoir va yozuvchilar

1. Qo'shni O'zbekistondan farqli o'laroq, Qirg'iziston fuqorolari Tojikistonga o'z mashinalarida bemalol kirib kelihlari mumkin.

Qo’shni O’zbekistondan farqli o’laroq, Qirg’iziston fuqarolari Tojikistonga o’z mashinalarida bemalol kirib kelishlari mumkin

8.  Sirdaryo sohilidagi klassik shoir Kamol Khujandiy nomidagi xizmat ko'rsatish markazida

Sirdaryo sohilidagi klassik shoir Kamol Xo’jandiy nomidagi xizmat ko’rsatish markazida

6. Mehmonlar shahar aylanishmoqda

Mehmonlar shahar aylanishmoqda

17. Shoirlarga dumba yo'gida tayorlangan choyxona palov ham tayyor.

Shoirlarga dumba yo’gida tayyorlangan choyxona palov ham tayyor

18. Shoir qo'lida tayorlangan palov juda mazali chiqdi

Shoir qo’lida tayyorlangan palov juda mazali

26. Mehmonlar Khujanddagi uchrashuv haqida hujjatli film tayorlashmoqda

Sayr

25. Mehmonlar klassik shoirlar xuyoboniga yo'l olishdi.

Mehmonlar xiyobonda

28.

Mumtoz shoirlarning haykallari oldida

7. Sirdaryo sohilidagi so'lim Khujand shahri manzarasi mehmonlarga juda yoqdi.

Sirdaryo sohilidagi so’lim Xojand shahri

Matbuotga nazar

Ravshan Shams

Xo’jand, Tojikiston

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

November 2014
M T W T F S S
« Oct   Dec »
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930