Showing Archived Posts

Markaziy Osiyo Yoshlar Ligasi: yangi davrda – yangicha harakat

Posted March 18th, 2018 at 9:48 pm (UTC-4)
Leave a comment

Markaziy Osiyoning olti mamlakati (Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) xalqlari birdam bo‘lib yashashi va umumiy sa’y-harakatlar bilan rivojlanishi kerakligi haqidagi fikr – yangilik emas. Ko‘p o‘qimishli va obro‘li odamlar bunday fikrni ilgari surganlar. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra, shu paytgacha bunday bunyodkor fikr shirin umidligicha qolib kelgan. Bugun biz Markaziy Osiyoda yangicha kayfiyatni kuzatyapmiz. […]

Xo’jand: O’zbek, qirg’iz va tojik ijodkorlari bir davrada

Posted November 27th, 2014 at 5:07 pm (UTC-4)
Leave a comment

Agar jips bo’lsak, do’stligimizga hech narsa raxna solmaydi. Tojikistonda o’zbek, qirg’iz va tojik ziyolilarining adabiy gurunglari muntazam ravishda o’tib turadigan tadbirlar. Tojikistonning Qirg’iziston bilan chegaradosh hududlarida shu yil bir necha to’qnashuvlar kuzatilgani aholini xavotirga solib qo’ydi. Respublikada tashkil etilgan o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi mahalliy yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, sportchilar va talabalar ishitirokida ijodiy kechalar, […]

Jalol-Obod, Arslonbob va O’zgandagi bebaho lahzalar

Posted September 20th, 2014 at 12:35 am (UTC-4)
1 comment

JALOL-OBOD O’sh singari Jalol-Obodga ham yarim kechada kirib bordim. Shahar markazidagi xonadonda mezbonlarimning ko’zi chaqnaydi, xuddi endi tong otib, yaqin bir tanishlari nonushtaga kelgandek. Katta zalda chiroyli dasturxon yozilgan, issiq ovqat tayyor. O’zimni koyidim – ertaroq yetib kelolmaganim uchun. Buning imkoni bormidi o’zi? Albatta yo’q, chunki mintaqamizda yarim soatlik uchrashuv aslida uch soat degani, uch […]

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

March 2024
M T W T F S S
« Feb    
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031