Bahor taom tortmoqda – quvvatli, totli va shifobaxsh

Posted March 16th, 2015 at 9:48 am (UTC-5)
Leave a comment

O’shlik qariya Yo’ldoshboy ota erta bahordan tevarak-atrofdagi qir-adirlarni kezishni odat qilgan. U qor ortidan unib chiqqan mitti gullar, barg otayotgan o’simliklarni teradi.

“Ko’klamga yetkazganiga shukr, ko’zingizga surtib, iste’mol qiling – udum shunaqa, – deydi u ko’k o’t dastalarini mahalladagilarga ulashar ekan. – Qishdan horib chiqqan tanangiz uchun ismaloq, jag’-jag’, yalpizdan bo’lgan yemak ming kimyoviy darmondoridan afzal”.

Mahallalarda sumalak  qaynaydi. Xotin-xalaj, qizu-yigit, yoshu-qari jam, shodu-xurram.

Uy bekalari ko’klam yemaklaridan dasturxon qilib, yaqinlari, qarindoshlarnikiga yo’l oladi. Odamlar bir-biriga ilinadi: “Yangilikdan totib ko’ring”. Udum shunaqa.

Shu kunlarda Janubiy Qirg’iziston bozor-guzarlari, oshxona-choyxonalarida ham bahoriy taomlar mavsumi. Ko’k somsaning turlari o’zi bir nechta. Xohlasangiz, ko’k chuchvara buyuring, ko’k qatlama, ko’k quymoq… Quvvatli, totli, shifobaxsh va arzon.

Mahalliy shifokorlar tabiat ne’matlaridan imkon qadar foydalanib qolishni maslahat berishadi. Buning uchun qirlarga chiqish shart emas – rastalar turfa xil ko’katlarga to’lib-toshgan. Dala ko’katlari, adir ko’kati, issiqxonaniki…

“Ko’k o’tlarni, mijozga qarab, qaynatilgan yoki chala qovurilgan va qovurilgan holda iste’mol qilish lozim, amaliyotni uch-to’rt hafta davom ettirsangiz, natijani albatta sezasiz”, – deydi oliy toifali doktor Rafiqjon Tojiboyev.

… Ko’m-ko’k, yam-yashil. Bahor nafasi dillarni yayratadi.

Matn va suratlar muallifi Muhiddin ZARIF

Sumalak masallig’ini tayyorlash jarayoni. Aravon tumani

Sumalak masallig’ini tayyorlash jarayoni. Aravon tumani

Dasturxon ko’rki  - jo’xori yormasi. Ham chanqoq bosadi, ham to’yimli. O’sh, mart, 2014

Dasturxon ko’rki – jo’xori yormasi. Ham chanqoq bosadi, ham to’yimli. O’sh, mart, 2014

Non. Yoshlik. Bahor… O’sh, mart, 2014

Non. Yoshlik. Bahor… O’sh, mart, 2014

Allohning taomi sumalak hammaga yetadi. O’sh, mart, 2014

Allohning taomi sumalak hammaga yetadi. O’sh, mart, 2014

Erta bahorda tog’ havosi o’zgacha. O’sh, Sulaymon tog’i, mart, 2015

Erta bahorda tog’ havosi o’zgacha. O’sh, Sulaymon tog’i, mart, 2015

O’shlik qariya Yo’ldoshboy ota bahor ne’matlarini ko’ziga surtadi. O’sh, mart, 2015

O’shlik qariya Yo’ldoshboy ota bahor ne’matlarini ko’ziga surtadi. O’sh, mart, 2015

Yoshu-qari bahoriy kayfiyatda. O’sh, mart, 2015

Yoshu-qari bahoriy kayfiyatda. O’sh, mart, 2015

Sof qalb, sof biznes… O’sh, mart, 2015

Sof qalb, sof biznes… O’sh, mart, 2015

DSC02582

O’sh bozori. Ko’kat rastalari to’lib-toshgan. Mart, 2015

Ko’kat qatoridan bir ko’rinish, O’sh, mart, 2015

Ko’kat qatoridan bir ko’rinish, O’sh, mart, 2015

Ko’k somsaga ikki- uch xil ko’kat solinadi. O’sh, mart, 2015

Ko’k somsaga ikki- uch xil ko’kat solinadi. O’sh, mart, 2015

Buvijonim qo’li shirin… O’sh, mart, 2015

Buvijonim qo’li shirin… O’sh, mart, 2015

Ko’kat sotuvchilar ko’chma savdoni ham yo’lga qo’yishgan. O’sh, mart, 2015

Ko’kat sotuvchilar ko’chma savdoni ham yo’lga qo’yishgan. O’sh, mart, 2015

Ko’klam mavsumiga marhamat. O’sh, mart, 2015

Ko’klam mavsumiga marhamat. O’sh, mart, 2015

Taomnomada kamida 5-6 xil ko’k yemak. O’sh, mart, 2015

Taomnomada kamida 5-6 xil ko’k yemak. O’sh, mart, 2015

Yashil dasturxon, O’sh, mart, 2015

Yashil dasturxon, O’sh, mart, 2015

Yashil dasturxon, O’sh, mart, 2015

Yashil dasturxon, O’sh, mart, 2015

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

BLOG HAQIDA

“Yoshlariston” blogi haqida

Ushbu blog – ijodkor, shijoatli va qiziquvchan yoshlar uchun o’zlari yashayotgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim voqealar, qolaversa dunyodagi o’zgarishlar haqida fikr va mulohaza bildirish maydoni. Qay yurtda yashamang, bu yerda eksklyuziv surat va videolar ulashib, ularni tomosha qilishingiz mumkin.

Bu sahifani “Yoshlariston” deb bejiz atamadik. Markaziy Osiyoning besh davlati hamda Afg’onistonda aholining aksar qismi yoshlardir. Zamonamiz muammolari va yutuqlarini ular boshqalardan ko’ra yaxshiroq biladi.

Blog rang-barang mavzular uchun ochiq. Siyosatdan tortib, iqtisod va madaniyatgacha… Istagan masalani yoriting, muhokama qiling. Yagona iltimosimiz – bir-birimizni hurmat qilaylik va fikr bildirganda qo’pol so’zlar ishlatmaylik, toki bu maydon hammamizga ma’naviy ozuqa bersin.

Surat, video yoki boshqa turdagi material va xabarlar bo’lsa, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan bag’oyat mamnun bo’lamiz. Manzilimiz: uzbek@voanews.com

“Yoshlariston” – yoshlar maydoni. Blogimiz sizga muntazir.

Bo’limlar

Taqvim

March 2015
M T W T F S S
« Feb   Apr »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031