Bu yil Tojikistonga bahor juda erta keldi. Bozor rastalarida yanvar oyi tugamasdan ko’k somsa uchun dorivor o’simliklar paydo bo’ldi. Fevral oyida adirlarda boychechak ochildi. Ariq lablarida momoqaymoq gulladi, yalpiz undi. Bozorlarda o’tgan yilgi kuz hosili hali mo’l. Garchi, 2015-yil bahoridagi qattiq sovuq mamlakat shimoliga katta zarar yetkazib, asosiy hosilni nobud etgan bo’lsa-da, mamlakat janubi va […]
Tojikiston Navro’zni qarshilar ekan, saylov va migratsiya dolzarb masalalar
Shibirg’onda Alisher Navoiy tavalludi nishonlandi
Afg‘onistonning Shibirg‘on shahrida Bobur adabiy-madaniy markazi tashabbusi bilan Alisher Navoiyning 575 yillik yubileyi o‘tkazildi. Unda 1000 ga yaqin odam ishtirok etdi. Navoiy asarlari va uning davlat va ijtimoiy hayotda tutgan o’rni haqida ma’ruzalar qilindi. Har yili Afg‘onistonning qator viloyatlarida Navoiyning tug‘ilgan kuni nishonlanadi. Quyida Shibirg’onda o’tgan tadbir aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz. Matn va […]
Darxon – tog’lar orasidagi o’zbek qishlog’i
Bundan 400 yilcha muqaddam Farg’ona vodiysidan Turkiston tizma tog’lari orqali Pomir-Oloy vodiylariga boruvchi karvonni har doim Istravshanga o’tishda Sangidog’ darasida qaroqchilar muntazam talab kelishgan. Aytishlaricha, o’shanda o’zbekning qo’ng’irot urug’idan bo’lgan yetti aka-uka shu darada qorovullik qilib, karvonlarning xatarsiz o’tishini ta’minlagan va yo’lto’sarlikka chek qo’yishgan ekan. Bora-bora bu darada qo’nim topgan aka-ukalar tevaragiga uzoq-yaqinlardan boshqalar ham […]