Futbol bo’yicha Braziliyada o’tayotgan jahon birinchiligi – bugun Qirg’izistonda mavzularning mavzusi. Dumaloqki narsani koptokka o’xshatishadi. Shu kunlarda endigina bozorga olib chiqilgan tarvuzni ham. Kulcha-patir nonlarni ham. Tovuq tuxumi-yu havo sharlarini ham. Va keng soyabonli Amerika shlyapalari… Bahonai-sabab, bu narsalarning bozori qizidi. Do’mboqqina bolachalar, to’ladan kelgan yigit-qizlarga nisbatan beg’araz hazil-mutoyiba, mehr-oqibatni-ku asti qo’yavering. «Do’mboqqinam, koptokkinam»… Ko’cha-ko’yu, […]