O’sh meni o’ziga sehrlab qo’ydi. O’zbek, qirg’iz yoki rus, kimning xonadoniga bormay o’zimni uydagidek, bolaligim o’tgan hovlidagidek his etdim. 2010-yilning iyun oyidagi qonli voqealardan astalik bilan o’ziga kelayotgan, minglab qalblar bir umrga jarohatlangan bu azim shahar horg’in. Lekin ortiqcha shikoyat qilmaydi. Dardini ichiga yutib, kunini ko’rmoqda. O’shda hayot o’tgan to’rt yil ichida qanchalik o’zgardi deya […]