Agar kimdir sizga Amerika insonni butkul oʻzgartirib yuboradi desa, ishonishingiz mumkin. Chindan ham shunday. Ammo, bunda na AQShning, na amerikaliklarning ishtiroki bor. Hamma oʻzgarishlar ortida shaxsiy injiqliklar turadi. Lekin, ishoning, “sharoit shuni taqozo etdi” deyish mutlaqo notoʻgʻri. AQShdagi hayotni, bu yerdagi insonlar kayfiyati va xulqini tushunish, buning negizini aniqlash uchun birinchi galda mamlakat tarixiga nazar […]
Oʻzbekistonda kim edigu, AQShda kim boʻlmoqchimiz?
Istanbuldagi turkistonliklar jamiyati: tarix va bugun
Istanbul shahridagi “Turkistonliklar madaniyat va ijtimoiy ko‘mak jamiyati” taqdir taqozosi bilan XX asrning boshlarida va o‘rtalarida Turkiyaga kelib qolgan o‘zbeklar va ularning avlodlarini birlashtirib turadi. Jamiyat faollari Navro‘zni va hayitlarni birgalikda nishonlashadi, to‘ylarda va marakalarda bir-birlarining xonadonlarida xizmatda bo‘lishadi. Bir-birimizning korimizga yarashga, o‘zligimizni asrab qolishga harakat qilyapmiz, deydi ular. Vatandoshlar uchun foydali tashkilot Bugungi kunda “Turkistonliklar […]
Pitsburgdagi o’zbeklar yangi jamiyat tuzish ishlarini boshladi
AQShning Pensilvaniya shtati, Pitsburg shahrida istiqomat qiluvchi oʻzbeklar tashabbus guruhi oʻzbeklar jamiyatini yaratish boʻyicha harakat boshladi. 23 iyun kuni ilk norasmiy yigʻini boʻlib oʻtdi. Tadbirda Pitsburgda ham huddi Amerikaning bir qator boshqa shtatlarida boʻlgani kabi oʻzbeklar jamiyatini yaratish gʻoyasi muhokama qilindi. Unda “Vatandosh” gazetasi hamda shu nomdagi oʻzbeklar jamiyati asoschilaridan biri Farhod Sulton ham ishtirok […]
Jahongir Muhammad: “Hatto Mirziyoyev ham oltinchi qavatdan hazar qildi”
Joriy yilning fevral oyida ijtimoiy tarmoqning oʻzbek segmentida “Oltinchi qavat: prezident tansoqchisining kundaligi” qissasi katta shov-shuv uyg’otdi. Taxminiy hisoblarga koʻra, mazkur asarni 15 mingdan ortiq inson oʻqigan, ijtimoiy tarmoqdagi oʻz sahifasiga koʻchirib bosgan va sahifalardagi do’stlari va mushtariylari orasida tarqalishida ishtirok etgan. Qissa muallifi yozuvchi, jurnalist va siyosatchi Jahongir Muhammad (Jahongir Mamatov) bo’lib, ayni damda […]
Amerika pasportiga bir nazar
Soʻnggi paytda ijtimoiy tarmoq va hatto ayrim anchagina ommaviylashib ulgurgan axborot vositalari dasturlari va sahifalarida Oʻzbekistonda fuqarolar pasporti atrofidagi voqealar qizgʻin muhokama qilinmoqda. Maʼlumki, soʻnggi salkam 20-24 yil davomida amalda qoʻllanilib kelingan fuqarolik pasporti yangilandi, avvalgi pasport oʻrnini biroz oʻzgartirilgan, yangicha texnologiyalar yordamida ishlov berilgani daʼvo qilinayotgan “biologik” pasport egalladi. Bu jarayon ham, xabaringiz bor […]
O’zbekiston xorijdagi mutaxassislarning ortga qaytishini kutmoqda
Shavkat Mirziyoyev xorijdagi o’zbekistonliklarga, bu safar tadbirkor boylarga murojaat bilan chiqdi. O’zbek boylariga o’z mablag’larini vatanga ko’chirish taklifini bergan prezident ularni tekshirmaslikka va’da bergan. Bu Shavkat Mirziyoyevning xorijdagi o’zbekistonliklarga qilayotgan ilk taklifi emas, avvalroq u tajribali mutaxassislarni vatanga qaytishga chaqirgan edi. Hozircha prezident chaqirig’i ortidan o’z faoliyatini vatanda davom ettirishga qaror qilgan tajribali mutaxassislarning ko’pligi […]
Buxoro yahudiylari muzeyi – Amerikada O’rta Osiyoning bir bo’lagi
Amerika qaynar qozondir. Bu qozonga tushgan elatlarning o’zligini saqlab qolishi oson emas. O’rta Osiyoni chorak asr oldin tark etgan Buxoro yahudiylari ham shu muammoga duch kelgan. Ularning Nyu-Yorkdagi muzeyi yosh avlodga bobolarining tarixi va madaniyati haqida ma’lumot uzatishda bebaho resursdir. O’rta Osiyoda asrlar davomida yashagan Buxoro yahudiylari Sovet Ittifoqi tarqalib ketganidan so’ng asosan Isroil va […]
Virtual saylovning ahamiyati nimada?
Virtual saylovlar muhojirlikka sochilgan o’zbeklar uchun son’ggi yillardagi aniq maqsadli tajriba bo’ldi. Saylovda ovoz berganlar soni, geografiyasi muhojirlikning mavjud nisbatiga solishtirganda ko’p emas, ammo boshqa bir harakatning o’zi yo’q joyda, shubhasiz, oldinga tashlangan qadamdir. Shaxsan men virtual saylovda ovoz bermadim, aniqro’g’i, so’nggi kunlarda ovoz berishni rejalayotgan edim. Ammo virtual mojarolarning boshlanishi hushyor torttirdi, ehtimol bu […]
O’zbekistonning yangi muhojirlari kimlar?
So’nggi yillardagi muhojirlik ko’lami xalqimiz turmushida, jamiyatda kutilmagan, avval biz tasavur qilishimiz qiyin bo’lgan burilishlar yasamoqda. Bugun o’zbekistonlik muhojir bolasini sotayotgani, yurtdoshini qullikka topshirayotgani yoki boshqa bir yovvoyi jinoyat sodir etayotgani seskantirmaydi; bular kundalik voqealarga o’xshab borayotgandek. Ehtimol, millat bugungi muhojirlik misolida navbatdagi bir evrilishni boshdan kechirayotgandir. Ehtimol, bularning hammasi faqat nochorlikdandir, nima bo’lmasin, bu […]
Nimaga ishonishni bilmaysan ba’zan
Anchadan beri suhbatlasha olmaganimiz uchun oldindan uzr. Mana shu vaziyat ham, aslida Amerika haqida tasavvur olish uchun yaxshi misol. Darhaqiqat, Amerikada o’zaro tanishlar orasida eng ko’p uchraydigan va insonning vaziyatini yaqqol anglatadigan iboralardan biri “amerikachilik” iborasidir. Ya’ni bu sizning sharoitingiz haqida eng to’liq va ayni paytda lo’nda javob. Yaqinda Toshkentdan bir yaqin do’stimiz Amerikada mehmon […]